paytida esa rangi o‘chib, qaltirab ketadi, xatto
ki odamning ovozida ham
o‘zgarish paydo bo‘ladi. Ana shunday hissiy holat yuz bergan paytda
odamning yuragi tez ura boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi.
[2]
[3]
Demak, odam ma’lum hissiy holatni boshdan kechirayotgan
paytda uning qon aylanish tizimi, nafas olish organlari nutq apparatlari
ichki sekretsiya bezlari ham qatnashadi. Masalan, materialni yaxshi
bilmaydigan talaba imtihon topshirayotganda terlab ketadi, tomog‘iga
nimadir tiqilib, gapini gapira olmay qoladi. Odamda qattiq qo‘rqish
paytida «Yuragi orqaga tortib ketdi», «Sovuq ter bosib ketdi» kabi
iboralarning ishlatili
shi hissiyot paytida odamning ichki a’zolarining
ishtirok etishidan dalolat beradi.
Juda ko‘p hissiy holatlar bosh miyaning yaqin po‘stloq osti
qismlarining oralig‘i bilan ham bog‘liqdir. Masalan,
ko‘rish tepaligi deb
ataluvchi qism ayrim hislarni ifodalaydigan ixtiyorsiz harakatlarning
markazi hisoblanadi.
Odamda uchraydigan yuksak ma’naviy hissiyotlar ham o‘zining
nerv-
fiziologik asosiga ega bo‘lishi kerak (chunonchi intellektual, ahloqiy,
estetik hissiyotlar). Bu jihatdan akademik I.P.Pavlovning dinamik streotip
haqidagi ta’limoti juda katta ahamiyatga egadir. Bu haqda akademik
I.P.Pavlov shunday deb yozgan edi:
Dostları ilə paylaş: