Ona davlat unversiteti sirtqi bo’limi amaliy psihologiya yo’nalishi



Yüklə 338,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix09.10.2023
ölçüsü338,92 Kb.
#153263
1   2   3   4   5   6   7
E .MAFTUNA

«Menimcha, ko‘pincha odatdagi 
turmush tartibining o‘zgargan paytlarida odat bo‘lib, qolgan birorta 
mashg‘ulot yaqin kishidan judo bo‘lganda, aqliy iztirob chog‘ida 
kechiriladigan og‘ir hissiyotlarning fiziologik asosi xuddi eski 
dinamik streotipning o‘zgarishi, uning yo‘qolishi va yangi dinamik 
streotipning qat’iylik bilan hosil bo‘lishidan iborat bo‘lsa kerak».
Ayrim murakkab hissiyotlarning asosida dinamik streotipning 
yotishi yaqqol ko‘rinadi. Masalan, estetik hissiyotni oladigan bo‘lsak, 
biron yoqimli ko‘ydan lazzatlanish, yoki biron mashhur rassomning 
ishlagan ajoyib suratlarini tomosha qilib, rohatlanish estetik hissiyot 
hisoblanadi. Agar bu hissiyotlarning nerv-fiziologik asoslarini tahlil 
qiladigan bo‘lsak, quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin. Masalan, bizga juda 
yoqadigan kuy boshqa millat odamiga yoqmasligi mumkin. Bunda 
ajablanishga hech qanday o
‘rin yo‘q. Biz yoshlikdan boshlab mazkur 
kuyni bir necha yuz marotalab eshitib borishimiz natijasida ana shu 
kuyga nisbatan deyarli buzib bo‘lmaydigan nihoyatda murakkab dinamik 


streotip yuzaga keladi. Ana shuning uchun ayrim kuylar bizga yoqadi
ayrimlari esa yoqmaydi. Suratlar masalasiga kelganda shuni aytish 
kerakki, qadimgi klassik asarlar ularning ishlanish uslubi realligi bizni 
hayratda qoldirib zavq tug‘diradi. Aksincha, hozirgi rassomlar tomonidan 
ishlangan rasmlar odamda qandaydir noxush hissiyotni 
tug‘diradi. 
Demak, uzoq yillar davomida yuzaga keladigan dinamik streotiplar ayrim 
murakkab hisni tashkil qiladi.[2]
Shunday qilib, hissiyot vegetativ nerv tizimi orqali boshqariladigan 
ichki a’zo faoliyati bilan bog‘liq bo‘lsa ham bari bir bosh miya po‘sti orqali 
idora qilinadi. Chunki akademik I.V.Pavlovning fikricha, odamning butun 
a’zoyi badanida bo‘ladigan har qanday hodisalarning hammasini bosh 
miya po‘sti qismidagi neyronlar idora qiladi. Ana shu jihatdan olganda 
hissiyotning nerv-fiziolo
gik asosi bosh miya po‘sti bilan bog‘liq.

Yüklə 338,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin