Ona davlat unversiteti sirtqi bo’limi amaliy psihologiya yo’nalishi



Yüklə 338,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/7
tarix09.10.2023
ölçüsü338,92 Kb.
#153263
1   2   3   4   5   6   7
E .MAFTUNA

faollashtirish nazariyasi
Djems-Lange va Kennon-Bardlarning 
psixoorganik nazariyalaridan so‘ng paydo bo‘ldi. Bu nazariyaga ko‘ra, emotsional 
holatlar bosh miya quyi qismi nayining retikulyar formatsiyaga ta’siri bilan belgilanadi, 
chunki bu tuzilma organizmning faolligi darajasiga javob beradi. Hissiyotli ifodalanishlar 
esa asab tizimining biror bir seskantiruvchiga javoban faollik darajasining o‘zgarishidir.
Nazariyalarning alohida guruhini hissiyotlar tabiatini kognitiv omillar, y
a’ni, tafakkur va 
ong orqali ochib beradigan dunyoqarashlar tashkil etadi. Ularning orasida, birinchi 
navbatda, L. Festingerning 
kognitiv dissonans nazariyasi
ni ta’kidlab o‘tish lozim. Uning 
asosiy tushunchasi
dissonans
dir. Bu sub’ektning ob’ekt haqida ps
ixologik qarama-
qarshi ma’lumotga ega bo‘lgan vaziyatda yuzaga keladigan salbiy emotsional holat. Bu 
nazariyaga muvofiq, ijobiy emotsional kechinmalar odamda o‘zi kutgan natijalar 


tasdiqlanganida paydo bo‘ladi. Bunday ijobiy emotsional holat
konsonans
sifatida 
xarakterlanadi, Salbiy hissiyotlar faoliyatdan kutilgan natijalar va voqeiy natijalar 
o‘rtasida farqlar yoki dissonans bo‘lganida yuzaga keladi.[2]
S.Shexterning kognitiv-
fiziologik konsepsiyasiga asosan, paydo bo‘ladigan emotsional 
holat qabul qilin
adigan rag‘batlar va yuzaga keladigan jismoniy o‘zgarishlar bilan birga 
insonning o‘tmish tajribasi va uning vaziyatni sub’ektiv baholashi ham o‘z ta’sirini 
ko‘rsatadi. Bunda baholash uning dolzarb qiziqishlari va ehtiyojlari asosida shakllanadi.
Kognitivistik nazariyalar qatoriga P.V. Simonovning hissiyotlar 
axborot beruvchi 
konsepsiyasi
ham kiritilishi mumkin. Bu nazariyaga asosan, emotsional holat individ 
dolzarb ehtiyoji sifati va jadalligi, hamda, uni qondirish ehtimolligini baholashi bilan 
belgilanadi
. Bu ehtimollikni baholashni inson tug‘ma va avval orttirilgan individual 
tajriba asosida, ixtiyorsiz ravishda ehtiyojni qondirish uchun taxminiy zarur vositalar, 
vaqt, zahiralar haqidagi ma’lumotni ayni vaqtda olgan ma’lumot bilan taqqoslagan 
holda amalga oshiradi. P.V. Simonovning yondoshuvi quyidagi formulada aks etgan: H 
= E (M 

A), bunda H 

hissiyot, uning kuchi va sifati; E 

dolzarb ehtiyoj kattaligi va o‘ziga 
xos xususiyati; M 

dolzarb ehtiyojni qondirish uchun zarur ma’lumot; A –
ayni paytda 
ins
onda mavjud bo‘lgan tegishli axborot.[2]
Ushbu formuladan kelib chiqadigan oqibatlar quyidagicha: agar insonda ehtiyojlar 
mavjud bo‘lmasa (E = 0), u holda hissiyotlarni ham sezmaydi (H = 0); ehtiyoj sezayotgan 
inson uni amalga oshirish uchun to‘la imkoniyatga ega bo‘lgan holatda ham, hissiyotlar 
yuzaga kelmaydi. Agar ehtiyojni qondirish ehtimolligining sub’ektiv baholanishi yuqori 
bo‘lsa, ijobiy hislar namoyon bo‘ladi. Salbiy hislar esa sub’ekt ehtiyojini qondirish 
imkoniyatini salbiy baholaganda yuzaga keladi. 
Miya po‘stlog‘i emotsional holatlarni boshqarishda o‘ta muhim o‘rin tutadi. I.P. Pavlov 
tomonidan aynan, miya po‘stlog‘ining hissiyotlar kechishi va ifodalanishi, boshqarishi, 
tanada yuz beradigan barcha hodisalarni o‘z nazorati ostida ushlab turishi,
po‘stloq osti 
markazlariga tormozlovchi ta’sir ko‘rsatishi, ularni boshqarishi ko‘rsatib o‘tilgan. 
YUqorida bayon etilganlarning tasdig‘i sifatida sub’ektiv kechinmalar va ularning tashqi 
ifodasi o‘rtasida keskin farqlar kuzatiladigan klinik holatlarni ke
ltirish mumkin. Miya 
katta yarim sharlari po‘stlog‘i shikastlangan bemorlarda istalgan seskantiruvchi 
muvofiq kelmaydigan tashqi ta’sirlanish: qattiq kulgi yoki shashqator ko‘z yoshlarga 
sabab bo‘lishi mumkin. Lekin, kulib turib, bu bemorlar o‘zlarini qayg‘uli, yig‘lab turib esa, 
ba’zan xursandchilik sezadilar.
Inson hissiyotli kechinmalarida 

Yüklə 338,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin