32
zolar. Tabiiyki, bular orasida boshqa tillardan kirganlari ham bor. Biroq
ularning barchasi – teng huquqli o‘zbek so‘zlari!
Mumtoz adabiyotda
ishq so‘zining o‘zi ikki xil ma’noni ifodalaydi.
Ishqi foniy – mahbubaga nisbatan sevgi.
Ishqi boqiy – Tangrining diy-
doriga yetish...
Bugungi kunimizga kelsak... Boshqa tillarda uchrashi mushkul bo‘lgan
g‘alati holatlarni ko‘ramiz.
Vatanga moyil bo‘lmoq degan ibora kulgili
tuyuladi.
Vatanni sevmoq deyiladi.
Ota-ona mehri, farzandning ota-onani
yaxshi ko‘rishi, farzand mehri deyiladi...
Shunday qilib,
yoqtirib qolmoq bilan
ko‘ngil bermoq, ko‘ngil bermoq
bilan
oshiq bo‘lmoq, oshiq bo‘lmoq bilan
sevmoq, sevmoq bilan
muhabbat,
muhabbat bilan
yaxshi ko‘rmoq, yaxshi ko‘rmoq bilan
mehr orasida uzoq
masofa bor...
Tilimiz naqadar rango-rang! Tilimiz naqadar boy!
(O‘. Hoshimov)
Dostları ilə paylaş: