Ona tili-11 sinf indd



Yüklə 3,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/95
tarix21.09.2023
ölçüsü3,79 Kb.
#146387
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   95
Ona tili 11 sinf

33-mashq.
 
Ma’nodosh va paronim so‘zlarni noto‘g‘ri qo‘llash bilan 
nutq aniqligiga putur yetgan o‘rinlarni aniqlang, ularni 
muvofiq muqobillari bilan almashtiring.
1. Bilaman, uzoqning ishi qiyin. Lekin bir og‘iz mujda yuborish 
shunchalar mushkul edimi? (Murod Mansur) 2. Boshqa shaxsning kechir-
malarini tushunish, o‘zingni uning o‘rnida his qilish masalasiga kelganda 
esa fan buni inkor etmaydi. (M. Nasibullin) 3. Keyin, Qo‘chqor aka, 
bu robotlar juda arzonga tushadi, yoqilg‘i kerak emas – batareyalardan 
oziqlanadi. (Sh. Boshbekov) 4. Juman bobo hamisha bitta gapni takror-
laydi: – Meni shoshirmanglar, nevara-chevaralarimni narigi ming yillikka 
o‘tqazib qo‘yay, ana undan keyin haydamasanglar ham o‘zim ketaman. 
(Said Ahmad) 5. Sovuq terga botgan ona tun bo‘yi ingrab, behalovat 
bo‘lib chiqdi. Nihoyat, u horg‘in ko‘z qobiqlarini ochdi. (M. Nasibullin)
Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik 
lug‘ati»dan olingan paronim iboralarning izohlarini esda tuting. 
Ular ishtirokida gaplar tuzing.
yetti uxlab tushiga kirmaslik
Mutlaqo o‘ylamaslik, kutmaslik.
yetti uxlab tushida ko‘rmaslik 
Hech qachon ko‘rmaslik.


33
yuragi tars yorilib ketayozdi 
Sabr-chidami tugab, xunob bo‘lib ketmoq.
yuragi qoq yorila yozdi
Sevinib, juda kuchli hayajonlanmoq.
1. Nutqning aniqlik sifatini tavsiflang.
2. Aniqlik sifatining muloqotdagi o‘rnini qanday baholaysiz?
3. Shakldosh so‘zlar va aniq nutq munosabati haqidagi fikrlaringizni 
bayon qiling.
4. 
Ma’nodosh so‘zlarning o‘ziga xosliklarini bilish zaruriyati haqida 
gapiring.
5. Nutqning aniqligi va uslubiy bo‘yoq munosabati haqida so‘zlang.
34-mashq.
 
Berilgan so‘zlarning ma’nolarini izohlang, ular 
ning biri 
o‘rnida ikkinchisini qo‘llash natijasida yuzaga keladigan 
noaniqliklarni ko‘rsatgan holda matn tuzing.
Tansiq – tanqis;
o‘qishli – o‘qimishli.

Yüklə 3,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin