Ona tili-11 sinf indd


tavsif , uning rasmi yoki chizmasi  tasvir



Yüklə 3,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/95
tarix21.09.2023
ölçüsü3,79 Kb.
#146387
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   95
Ona tili 11 sinf

tavsif
, uning rasmi yoki chizmasi 
tasvir
bo‘ladi.
Ba’zan 
tasvir
so‘zi bayonga nisbatan ham qo‘llanishi mumkin. Ammo 
u faqat badiiy bayonni anglatadi yoki 
tavsif
darajasida bo‘lganini bildiradi. 
Masalan, yozuvchi parovozni biror boshqa narsaga o‘xshatsa yoki parovoz 
pishqirib kelmoqda desa, aslida, bu ham 
tavsif
bo‘lsa-da, ya’ni so‘z bilan 
ba 
yon etilgan bo‘lsa ham, buning asosida tasavvur yotganligi uchun 
tasvir
deyish mumkin. Shunday qilib, 
tasvir
so‘zi 
tavsif
so‘zi o‘rnida faqat badiiy 
tavsifga nisbatan va ko‘chma ma’noda qo‘llanishi mumkin ekan. 
30-mashq. 
Alibek Rustamovning «So‘z xususida so‘z» kitobidan olingan
 
chop moq
va 
yugurmoq
ma’nodosh so‘zlarining tavsifi 
bilan tani 
shing, ulardagi o‘ziga xosliklarni esda saqlang.


31
Chopmoq bilan yugurmoq fe’llari orasida ham farq bor, lekin bir-biriga 
yaqinlashib keladigan ma’nolari ham bor. Bu fe’llarni ma’no jihatidan 
yaqinlashtirgan harakat «bolalarning chopishi va yugurishi»dir. Bolaning 
chopishi bilan yugurishida, aslida, farq bor. Agar bola o‘zini ot min-
gandek tasavvur qilib, uni qamchilagandek harakat bilan yugurib ketsa, 
bola chopib ketdi, aks holda yugurib ketdi deyiladi. Lekin bunga e’tibor 
bermaslik natijasida ba’zan chopmoq fe’li yugurmoq va goho yugurmoq fe’li 
o‘rnida chopmoq fe’lini ishlatish hollari uchrab turadi. Chopmoq fe’lining 
tub ma’nosi «qo‘lni biror qurol bilan yoki qurolsiz ko‘tarib urib, biror 
ishni amalga oshirmoq»dir. Yer chopmoq deganda «ketmonni ko‘tarib yerga 
urish», qilich chopmoq deganda «qilichni ko‘tarib urish», go‘sht chopmoq 
deganda «boltani ko‘tarib urish», ot chopmoq deganda «qamchini ko‘tarib 
urish» nazarda tutilgan.
Hozir shevalarda uchraydigan loy chapti, adabiy tildagi betga chopar 
degan iboralarda ham chopmoq fe’lining o‘sha tub ma’nosi nazarda tutil-
gan. Xulosa shuki, chopmoq qo‘lga aloqador, yugurmoq – oyoqqa. 

Yüklə 3,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin