39
Chuqur atrofida biroz yurgandan so‘ng it iz bo‘ylab olg‘a tashlandi.
Mana, birdan to‘xtab qoldi. Tumshug‘i bilan yerni turtdi-da, oldingi
oyoqlari bilan qorni titkilay boshladi... It tashvishli g‘ingshib leytenant-
ga suykaldi, so‘ng yerni iskagancha, chuqurga, jilg‘a tomonga yo‘l oldi.
Chuqurda qor bosilib, qalinlashgan. It o‘sha tomon o‘zini otdi, nihoyat,
jilg‘a oldida taqqa to‘xtadi. G‘azabli irillab, usti muzlagan qorni tirnoqlari
bilan qaziy boshladi. Qor ostida allaqanday qora narsa ko‘rindi. It oldingi
oyoqlarini mahkam tirab, o‘sha qora narsani tishlari bilan tishlab, butun
kuchi bilan torta boshladi...
Qish kunlari qisqa: bu yondan u yonga qaraguningcha qorong‘i tu-
shadi. Sovuq qahriga olib boryapti. Men goh sakrab hakkalayman, goh
qo‘llarimni ishqalayman. Boshqalar ham mendan qolishmaydi. Sovuq jonni
tindirmagani shu bo‘lsa kerak-da.
(M. Nasibullin)
Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik
lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting.
Ular ishtirokida gaplar tuzing.
Nog‘orasiga o‘ynamoq
Kimningdir izmi, yo‘l-yo‘rig‘i bilan ish
ko‘rmoq.
Varianti:
nog‘orasiga o‘ynatmoq; childirmasiga o‘ynamoq.
Oyog‘iga bolta urmoq
Mavqeyidan mahrum etadigan zarba yet-
kazmoq.
Ma’nodoshi:
payini qirqmoq.
1. Nutqning mantiqiyligi deganda nimani tushunasiz?
2. Nutq mantiqiyligi nutqning qaysi sifatlarisiz to‘liq namoyon bo‘lol-
maydi?
3. So‘zlovchi mantiqan to‘g‘ri nutq tuzishi uchun ona tili fanining
qaysi bo‘limlariga oid bilimlarga ega bo‘lishi kerak?
4. Abu Nasr Forobiyning grammatika va mantiq haqidagi fikrlarini
tu shuntiring.
5. Tilshunoslikning qaysi sohasiga doir bilimlar so‘zlarning bog‘lanish
munosabatlarini muvofiqlashtirib turadi?
Dostları ilə paylaş: