38
va mashinalar yelday uchadi gapini mantiqiy deb bo‘lmaydi, chunki
unda mantiqiy-mazmuniy ziddiyat bor. Mashina mantiqan juda tez,
ya’ni
yelday uchishi mumkin, ammo traktor bu xususiyatga ega
emas. Demak, jumlada mantiqiylik sifati buzilgan.
39-mashq.
Gaplarni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning mantiqiy-
likka salbiy ta’siri haqida fikrlashing.
1.
Yugurib charchamaydigan
chayir
mashinasi dam tepalikka, aylanma
yo‘llar
osha dam pastlikka, kishining nigohi tushsa yuragi shig‘illab ket-
adigan jarliklar yoqasidan o‘tib, yana
ko‘tarilib
qolardi
.
2. Qiya, aylanma
yo‘llarda ko‘p yurganiga qaramay, yigit juda ehtiyotkorlik
bilan mashinani
olib
borardi
.
3. Uning yoqimli
qiliqlari
,
ovozi
eshitilib
ketganday bo‘la-
di.
(Mirmuhsin) 4. Ko‘zim o‘ngidan
hadsiz
odamlar o‘tdi. 5. Qo‘llari,
oyoqlari o‘ziga bo‘ysunmay, o‘z-o‘zidan harakatlanar, uni
qayoqqadir
olg‘a
eltardi.
(M. Nasibullin)
40-mashq.
Gaplarni o‘qing. Nutqning mantiqiyligi buzilgan o‘rinlarni
to
ping va izohlang.
1. Boyqush qarg‘ish olgan, qadimdan qolgan shunday gap bor.
U qay-
si xonadonga qo‘nib, ovoz chiqarsa, noxushlik alomatidan darak
emish.
(S. Ravshanov) 2. U nihoyatda ehtiyot bo‘lib
harakat qilayotganini uyqu
elitgan ko‘zlari bilan sezdi.
(N. Jaloliddin) 3. Qish. Yanvar
havosi juda
sovuq. Laylakqor hadeb savalagani-savalagan.
(S. Ravshanov) 4. Odamlar
nochorlikdan, yegani narsasi yo‘qligidan ro‘za tutib yurishibdi.
(S. Rav-
shanov) 5. Ilm-fanda faraz qilish yoki o‘ylab chiqarishga o‘rin yo‘q. Fan-
ning rivojlanishi faqat kashfiyotga bog‘liq.
Fanda fikr bildirish, isho
naman
deyish – bilmagan bilan barobar.
(Gazetadan) 6. Hikoya va suhbatdan
tashqari o‘zbek tilini yaxshi o‘rganish, unga qiziqishni uyg‘otish maqsa-
dida til o‘rgatishga oid o‘yinlar, kichik-kichik she’rlar,
badantarbiya va
ashulalar berib boriladi.
(S. Jo‘rayev) 7. Imzoga qo‘l qo‘yish maha
lida
gurs etib yerga quladi.
(Gazetadan)
Dostları ilə paylaş: