23
yOzmA NuTqNINg
TO‘g‘rILIgI VA mE’yOr
Topshiriq.
Berilgan gaplardagi imlo me’yorlariga amal qilinmagan
o‘rinlarni aniqlang.
1. Fuqarolar yig‘inlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishda ja-
moatchilik komissiyalarining o‘rni sezilarli bo‘layapti. 2. «Barakalla ota-
o‘g‘il, bopladingiz!» O‘g‘li Hasanboyni bag‘riga
mahkam bosib, shun-
day deyishni diliga tukkan Ma’rufjon Hayitboyevni suhbatga tortamiz.
(Gazetadan)
Siz bilasizki, adabiy tilning yozma shaklida to‘g‘rilik sifatining
ta’minlanishi uchun yana ikki turli me’yorga
amal qi
lish lozim.
Bu me’yorlar quyidagilardan iborat: 1) imlo (orfografik) me’yor-
lari; 2) tinish belgilari (punktuatsion) me’yorlari.
Imlo me’yorlari mutaxassislar tomonidan til qonuniyatlari, shu-
ningdek, tarixiy an’analarga suyangan holda aniq qoidalar shaklida
tayyorlanadi va tegishli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi. Bu
qoidalar ayni paytda imlo lug‘atlarida o‘z aksini topadi. Imlo
qoidalari savodxonlikni ta’minlashning asosi hisoblanadi.
Yozuv madaniyatini shakllantirishda tinish belgilarini qo‘llash
qoidalarining alohida ahamiyati bor.
Tinish belgilari yozuvning
harflar, raqamlar kabi boshqa vositalari hamda so‘zlar, morfema-
lar kabi til birliklari bilan ko‘rsatish mumkin bo‘lmagan turlicha
fikriy
munosabatlarni, psixologik va intonatsion holatlarni ifo-
dalashda favqulodda muhim o‘rin tutadi. Siz ol
dingi
sinflarda
xabardor bo‘lganingizday, bu belgilar tilning sintaktik quri
lishi bi-
lan uzviy bog‘liq bo‘lib, yozma nutqni to‘g‘ri, ifodali, aniq bayon
qilishda,
uning uslubiy ravonligini, tez tushunilishini ta’minlashda
benihoya zaruriy vositadir.
Dostları ilə paylaş: