58
natsiya, sintaktik tuzilmalar, iboralar va sh.k)dan qay darajada foy-
dalanilganlik bilan belgilanadi. Ayni bir
til unsuri nutqda qanchalik
kam takrorlangan bo‘lsa, bu nutqning boylik darajasi shunchalik
yuqori bo‘ladi yoki, aksincha, muayyan til unsurining takrori ko‘p
bo‘lgan nutq kambag‘al hisoblanadi va uning ta’siri ham shunga
yarasha bo‘ladi.
Nutqning bu sifati rang-baranglik
tarzida ham talqin etiladi,
ya’ni boylik tegishli fikr ifodasi uchun qo‘llangan til birliklarining
xilma-xilligi, rang-barangligi bilan o‘lchanadi.
Boy nutq tuzish uchun ifodalarning bir xilligidan qochish, ayni
bir tushuncha yoki fikrga farqli-farqli til birliklarini tanlash lozim.
Buning uchun esa nutq tuzuvchi yetarli miqdordagi so‘zlar, ularning
ma’nolari, so‘z birikmasi va gap modellari zaxiralariga sohib bo‘l-
mog‘i talab etiladi. Bu zaxira qancha boy bo‘lsa, notiq o‘z
nutqi-
ning maqsadiga muvofiq tarzda undan maqbul birliklarni tanlash,
xilma-xil ifodalarni ishga solish imkoniyatiga shunchalik ko‘proq
ega bo‘ladi.
Nutqning boyligi sifati boshqa uslublarga qaraganda, badiiy uslub-
da alohida o‘rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: