Ona tili-11 sinf indd



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/88
tarix17.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#99196
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   88
Ona tili 11 sinf

jO‘yALILIK VA usLuBLAr
Topshiriq.
 
Berilgan parchadagi jamg‘armoq so‘zining ma’nosi va uning 
ko‘proq rasmiy uslubga xoslanganligi haqida mulohazala-
ringizni ayting. Keltirilgan gapda bu so‘zning o‘z o‘rnini 
topgan-topmaganligini izohlashga harakat qiling.
Ramazon aytuvchilar ko‘payib ketgan edi... Mabodo ulardan oldinroq 
biror eshikka borib qolsak, jamg‘argan narsalarimizni zo‘ravonlik bilan 
tortib olishardi. (S. Ravshanov) 
Nutq uslublarining har biri uchun xoslangan til vositalari bor-
ligini Siz yaxshi bilasiz. Bir uslubga xoslangan so‘z, ibora, sintak-
tik qurilma yoki shu kabi birlikning boshqasiga o‘tka 
zilishi nojoiz, 
o‘rinsiz hisoblanadi. Bunday holatlarda ham nutqning jo‘yaliligi 
buzilishi mumkin.
Bu o‘rinda aytish kerakki, jo‘yalilik sifatini o‘rganishda nutqning 
yozma va og‘zaki shakllarini farqlash lozim, chunki bu nutq shakl-
larida jo‘yalilik o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Ma’lumki, yozma 
va og‘zaki nutqning voqe bo‘lish sharoitlari bir xil emas, shunga 
ko‘ra bu ikki nutq shaklining o‘ziga xoslangan birliklari, grammatik 


69
shakllari, sintaktik qoliplari bor. Bu holatni hisobga olmaslik nati-
jasida ham nutqning jo‘yali 
ligiga putur yetadi.
Albatta, badiiy nutqda jo‘yalilik o‘ziga xos namoyon bo‘ladi.
76-mashq.
Berilgan badiiy parchani o‘qing. Unda qahramon tilida 
o‘lmoq so‘zining jo‘yasiz qo‘llanishi uning madaniy savi-
yasini ta’kidlashga xizmat qilayotganini izohlang.
Bashirjon unga qaradi-yu: «Ha, nima bo‘ldi?» – deb so‘radi ayolning 
boshidagi oq ro‘moliga ishora qilib.
– Uzoqroq bir qarindoshimiz kecha...
– Hm-m! – dedi boshliq hissiz. – O‘ldimi?
– Ha!
– Hm-m, chatoq bo‘libdi-ku... Ha, xudo rahmat qilsin... Xo‘p bo‘lma-
sa, o‘sha kitoblar bor dedingiz-a... (N. Aminov)

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   88




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin