85 o‘tirib, husnixat mashq qilardim. (Said Ahmad)2 Xunuk yozuv, badxat:
Professor Mannopov vrachlarga xos «husnixat» bilan bloknotiga lotin alif-
bosida yozib qo‘ydi. (Said Ahmad) 98-mashq. Berilgan gaplarda kinoyaviy ma’noda qo‘llangan so‘zlarni
aniqlang, ularning nutq ifodaliligini ta’minlashdagi ishtiro-
kini izohlang.
1. Sen!.. – Toshbolta unga ham ikki og‘iz «shirin» gaplaridan aytmoq-
chi edi, qizining ko‘zlariga ko‘zi tushib, shashtidan qaytdi. (Tohir Malik) 2. Maxdum o‘zining chekkan tashvishida haqli bo‘lib chiqdi. Anvarning
tevaragida «xolis» maslahatgo‘ylar ham ko‘rinishib qoldilar. (Abdulla Qo- diriy) 3. «O‘ttiz ikki tangadan soliq yig‘, emish... Bizning xalqni yer
yutsin. Azizbekning tulkiligiga uchdi-da, uning kechagi zulmlarini unutdi,
yetmish kunlab bir zamon jon berib, jon olib, nihoyat, xizmat haqqi
uchun o‘ttiz ikki tanga «mukofot», eng keyingi burda noningni ham ber!» (Abdulla Qodiriy) 4. Xullas, podsho hazratlarining farmoniga muvofiq o‘n
yetti yoshdan qirq yetti yoshgacha bo‘lgan yigitlar mardikorlikka olinishi
kerak emish... Bunday «iltifot»ga viloyat boylari, mirshablar, mingboshilar
panja orasidan qarasalar-da, bu aksar mehnat ahlining qonini qaynatib
yubordi (J. Abdullaxonov) 5. Ovutish lozim bo‘lib qolsa, bittasini emas,
hammasini ikkita «shirin» so‘z bilan «ovutib» tashlayman. (A. Muqimov) 99-mashq. Matnni o‘qing. O‘z ma’nosiga zid holda qo‘llangan
iboralar ma’nolarini izohlab, kinoya haqidagi fikrlaringizni
yozma bayon qiling.
1. Ichkari tomondan uzun malla to‘n, oq salla, sag‘ri kavush kiygan,
qo‘llarida ming donalik tasbeh, ko‘zlariga surma tortgan, ...mosh yegan
xo‘rozday qizil yuzlaridan «nur yog‘ilib» turgan (o‘z da’volaricha) xast
eshon tamannolik bilan yerni «minnatdor bo‘lsang, bosaman», deb chiqib
keldilar. (G‘afur G‘ulom) 2. Hasancha bizning sinfdoshimiz edi. Katta-
lar uning otasini qancha «yaxshi ko‘rsa», biz ham Hasanchaga shunday
edik... Birga o‘qib, yonma-yon birga yurgan odamingiz to‘satdan oldinga
o‘tib nom qozonsa, kimga yoqibdi, ayting! (Erkin A’zam)