93
O‘g‘lidan aylardi umid
Keltirar rahmat debon,
Barcha «rahmat» elning otgan
Ta’nayi toshindadir.
Yo‘q ajab, yoshlikda o‘g‘lin
Ota ardoqlab, suyib,
Erkalab boshiga qo‘ydi,
Ul hamon boshindadir.
Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik
lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ular
ishtirokida gaplar tuzing.
Ko‘ziga issiq ko‘rinmoq
1. Tanishdek tuyulmoq. 2. O‘ziga tort-
moq, yoqimli bo‘lmoq.
Varianti:
ko‘ziga o‘tday ko‘rinmoq.
Zidi:
ko‘ziga sovuq ko‘rinmoq.
yuzi shuvut bo‘lmoq
Uyatli holatda qolmoq.
Varianti:
Dostları ilə paylaş: