105-mashq. «Hasharda» yoki «Navro‘z» mavzusida matn tuzing, unda
turg‘un va erkin o‘xshatishlardan foydalaning.
106-mashq. Gaplarni o‘qing. Erkin o‘xshatishlarni aniqlab, ularni
dafta
ringizga ko‘chiring, ma’nosini izohlang.
1. Kulmasdan chidab bo‘lmaydigan maqomlarda u ham kuladi, lekin u
ku
lish – kasal odamning kulishiday og‘ir, bir xil sovuq hazillarday malol
keltiruvchi, yolg‘on xushomadlarday ko‘ngilga uruvchi bo‘lardi. (Cho‘lpon) 2. Hamma uyquda. Yangi yoqqan qor oyoq ostlarida g‘irchillama etik
singari ovoz berib yotardi. To‘shakcha ustidagi dumaloq bolish – tepasi
qor, ikki yoni quruq – chala bo‘yalgan tuxum singari chuchmal va g‘ala-
ti ko‘rinardi. (Cho‘lpon) 3. Kun issig‘idan anor yuzlari bo‘rtinib ketgan.
Baxt yo‘llariday oq va keng manglayda marvarid donalariday mayda ter.
(G‘afur G‘ulom) 4. Ilon chaqqan kishidek dovdir va besaranjom ko‘zlari
bilan tevarakka bejo-bejo nazar tashlar edi. (Abdulla Qodiriy) 5. Ko‘cha-
da yuk ortilgan tuyalar ko‘p. Qing‘ir-qiyshiq ko‘cha ular uchun go‘yo
sichqonning qopqoniday bo‘lganidan tiqilib qolishgan. (Oybek) 107-mashq. Gaplarni o‘qing. O‘xshatish etalonlarini aniqlang, ularning
nutq ifodaliligidagi o‘rnini tushuntiring.
1. Qalay, maza qildingmi? – dedi chol Amirdan uch-to‘rt odim nari-
da to‘xtab, so‘ng kalladek keladigan toshga omonatgina o‘tir
di. (Ulug‘bek Hamdam) 2. Hozir ini buzilgan chumoliday to‘zib, har kim o‘z boshi-
ni asrash bilan ovora. (Murod Mansur) 3. G‘anijon
ning xotini tug‘may
yurib-yurib, birdaniga qo‘chqorday o‘g‘il tug‘ib berdi. (Abdulla Qahhor) 4. Ukajonim! Men senga shunday bir mo‘jiza suv opkeldimki! Ich
ding –
ertasiyoq toychoqday dikirlab ketasan! (Erkin A’zam) 5. To‘ygan
qo‘ziday
bo‘lib o‘tirishini qarang! (P. Qodirov) 6. Den
giz notinch, katta-katta
91 to‘lqinlar mast tuyaday ko‘pirib, ke
ma
ni u yoqdan bu yoqqa uloqtirar
edi. (P. Qodirov) Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologik
lug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting. Ular
ishtirokida gaplar tuzing.