ONA TILI 5-sinf 274-mashq. Quyidagi maqollarni o‘qing va davomida kelgan savollarga javoblar yozing. 1. G‘ayrati bor kishining, unumi bor ishining. Agar u dangasa,
g‘ayratsiz bo‘lsa-chi? 2. Oy tunda kerak, aql – kunda. Agar
uning o‘zi aqlsiz bo‘lsa-chi? 3. Yomon kelsa – buzar, yaxshi
kelsa – tuzar. Har ikkalasi ham kelmasa-chi? 4. To‘g‘ri boshni
egri qilich kesmas. Boshning o‘zi qing‘ir bo‘lsa-chi?
275-mashq. Uyga vazifa. Darsdan olgan taassurot- laringiz asosida “Barcha g‘oyalarning, kashfi yotlarning kaliti – kitobda” mavzusida fi kringizni yozib keling. 76-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH Yomg‘irli kunda raqsga tushishni yaxshi ko‘radigan
yosh , jajji bir
tovus bor edi. U bog‘da gullarga mahliyo bo‘lib, qo‘shiqlar aytardi.
Nima qilsa ham, unga qo‘pol tovushi o‘z kamchiliklarini eslatave-
rardi. Tovus yaqin atrofda sayrayotgan bulbulning yoqimli, mayin
xonish (sayrash)ini eshitar va har safar uning ko‘zlari alamdan
yosh ga to‘lardi.
U nima uchun bunday ahvolga tushayotganiga hayron bo‘la
boshladi. Shu
chog‘ qo‘lida bir
bog‘ o‘t bilan
bog‘ egasi paydo
bo‘ldi va tovusga murojaat qildi:
– Nega xafasan, ko‘nglingni
chog‘ qilish uchun mana bu giyohlarni
senga hadya qilaymi?
– Bulbulning shunday chiroyli ovozi bor. Sayrashda men undan
o‘t a olmayman. Nima uchun u menda yo‘q? – dedi tovus.
– Ha, bulbulning shirali, xush ovozi bor. Lekin sen ham chiroyli
va yorqin patlar bilan siylangansan! Hammasi buni qanday qabul
qilishingda va undan qanday foydalanishingdadir.
Tovus o‘zini boshqa qushlarga qiyoslay boshladi. O‘zidagi ne’mat-
ning noyobligini tushunib yetdi. (“
Qisqa hikoyalar ”
dan )