Она тили 5 синф indd


Topshiriq.  Matnni o ‘qing, s



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/190
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#209014
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   190
5-sinf ona tili uzb

 Topshiriq.
 Matnni o ‘qing, s
avollarga javob bering.
 
Ertalab Dilshod ayvonchada bobosi bilan nonushta qilib 
o‘tirgandi. Shu payt ochiq turgan derazadan ikkita qaldirg‘och 
uchib kirdi-da, tepalarida charx urib aylana boshladi. 
– Vooy, qaldirg‘och, – dedi Dilshod ularni ko‘r-
sa tib.
– Qaldirg‘och – baxt timsoli. U kir-
gan xonadonda hamisha tinchlik, xotir-
jamlik bo‘ladi, – tushuntirdi bobosi. 
– Janjal ham bo‘lmaydimi, bobo? 
– Bo‘lmaydi, bo‘talog‘im, nega so‘rayapsan?
– Haa, endi bildim.
– Nimani, qo‘zichog‘im?
– Demak, Qobil akaning uyida har kuni janjal bo‘lishi qal-
dirg‘och yo‘qligidan ekan-da! 
Bobo nevarasining yelkasiga ohista qoqib, kulib qo‘ya qoldi.
Ertasiga qarashsa, Qobil akaning eshigiga kimdir kattakon 
qog‘oz yopishtirib ketibdi. Unda uchib ketayotgan bir juft qal-
dirg‘och surati tasvirlangan edi. Surat ostiga esa “Qaldir 
-
g‘och – xotirjamlik timsoli” deb yozilgandi. Hamma hayron! 
Bu kim ning ishi ekanligini esa faqat ikki kishigina bilardi, xolos. 
(
A. Xudoyberganov
)
http://eduportal.uz


21
ONA TILI 5-sinf
 
 41-mashq.
 
Matnga tayanib, nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni qo‘yib 
ko‘chiring.
Qaldirg‘och – ... timsoli. 
 42-mashq.
 Rasm asosida “Qushlar – bizning do‘stimiz”
 mavzusida 
matn tuzing. Unda qushlar nomini qayd etib, tabiat va odamlarga kel-
tiradigan nafi haqida o‘z fi kringizni yozing. 
 43-mashq.
 Qush nomlarini ko‘chiring. Talaffuz paytida ba’zi tovush-
larning harfl ardan farqlanayotganiga diqqat qiling. Zavq beruvchi 
qushlar nomi tagiga chizing. 
Zag‘izg‘on, kalxat, tovus, sassiqpopishak, bulbul, sa’va, qar-
g‘a, chumchuq, to‘ti, tuyaqush, bedana, boyo‘g‘li.

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin