123-dars. NUQTA VA VERGULNING ISHLATILISHI
422-mashq.
Quyidagi belgilar // o‘rniga zarur tinish belgisini qo‘yib,
gaplarni ko‘chiring. Qo‘yiladigan belgining nima sababdan ishlatilayot-
ganiga diqqat qiling.
1. To‘ti olti kun deganda podsho saroyiga yetib kelibdi // (“
Uch
og‘a-ini botirlar
”
ertagidan
)
2. To‘qayda bir yirtqich sher bor edi // Vahshatda osmon sheri-
dek qo‘rqmas edi // (
Navoiy. “Sher bilan durroj” hikoyati
)
3. Bola // Bolaning ko‘ngli – poshsho // (
Oybek
)
Tire
(–) bilan
chiziqcha
( - )ni farqlash lozim. Tire tinish belgi-
si, chiziqcha (defi s) esa imlo qoidalarida o‘rganiladigan belgidir.
http://eduportal.uz
174
ONA TILI 5-sinf
423-mashq.
Quyidagi jumlalarni yakunlab, gap hosil qiling.
1. Ulg‘ayganimda …
2. Qishlog‘im (shahrim)ning chiroyi …
3. Chet elliklarning …
4. Ellik yildan so‘ng …
5. Onam bir kun yonimda bo‘lmasalar …
6. Aql – bilimdan, bilim esa …
Nuqta quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi:
1. Darak, xabar mazmunidagi, ba’zan buyurish mazmunidagi
gaplardan so‘ng:
Bobom mosh-guruch soqolli, yuzi ajinlarga to‘la
barvasta qariya edi.
(
I.Sulton
)
2. Voqea-hodisa, shaxs-narsani nomlash uchun ishlatilgan (bir
so‘z yoki so‘z birikmasi bilan ifodalangan) qisqa gapdan so‘ng:
Yashash. Bu – orzular qanotin kermoq.
Yashash. Bu – muhabbat gullarin termoq.
(
O. Matjon
)
3. Tartib bildiruvchi arab raqamlaridan so‘ng:
Nutq tovushlari
2 xil bo‘ladi: 1. Unli tovushlar. 2. Undosh tovushlar.
Vergul quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:
1. Sanash ohangida aytiladigan bo‘laklar – uyushiq bo‘laklar
orasida: Chetlarida jiydalar, majnuntollar o‘sgan anhorga ha-
vas bilan qaradi. (Said Ahmad)
2. Undov so‘zlardan keyin: Iya, yubilyar ekansan-da, shosh-
may tur-chi, hozir. (O‘. Hoshimov)
3. Biror shaxsga murojaat – undalmalardan keyin: O‘g‘rigina
bolam, hoynahoy, biror tiriklikning ko‘yida tomga chiqqan
ko‘rinasan? (G‘afur G‘ulom)
4. So‘z takrorlansa: Shoir itoatkarona bosh irg‘ab: – O‘qigan-
miz, o‘qiganmiz, – deb tan oldi. (O. Yoqubov)
5. So‘zlovchining o‘zi bildirayotgan fi krga qo‘shimcha muno-
sabatini bildiradigan so‘zlarning ikki tomonida: Ha,mayli, shu
yetimlarning ham peshanasiga yozgani bordir... (G‘. G‘ulom)
http://eduportal.uz
|