172
ONA TILI 5-sinf
baxtimizga ular o‘zbeklar ekan. Ularning ota-bobolari O‘zbekiston -
dan bo‘lgan ekan. Bizni mehmon qilishdi. Ularga yurtimiz haqida,
Samarqand-u Buxoro, Toshkent haqida so‘zlab berdik. Ketar chog‘i-
miz
da bir ulug‘sifat kishi so‘radi: “Birodari aziz! Vatan tuprog‘idan
bir ni shona bormi?”
Birdan yodimga xaltamdagi paxta gulli chinni piyola keldi, ular-
ga berdim. Oqsoqollari birma-bir qo‘llariga olib, tavof qilishdi. So‘ng
butun boshli qavm navbat bilan shu piyolada suv ichishdi.
Men piyolani ularga hadya qildim. Ular esa piyolani mayda bo‘lak-
larga bo‘lib, taqsimlab olishdi.
– Vatan tuprog‘idan tumor yasaymiz, uyimiz to‘riga qadab
qo‘yamiz… (
S. Mustafoyev. “G‘aroyibot ” kitobidan
)
Lug‘at:
qavm
– bir urug‘ga mansub, mahalla;
Dostları ilə paylaş: