Она тили 5 синф indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/190
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#209014
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   190
5-sinf ona tili uzb

ONA TILI 5-sinf
 
424-mashq.
 
Mashqni ko‘chiring. O‘tkir Hoshimovning “
Dunyo ning 
ishlari
” asaridan olingan gaplarda vergulning nima sababdan ishlatil-
ganini tushuntiring.
1. Qiziq, yuragimda yana o‘sha shirin orziqish uyg‘ondi. 2. San -
diq qatta, bolam? 3. Shundagina aka-uka bir-birini ko‘rmasa tu-
rolmasligini, bir-biriga kerak ekanligini tushunibdi. 4. Iya, Tohirjon 
sizning akangiz-ku! 5. Ehtimol, onalarning so‘ngan yulduzlari bir-
lashib quyoshga aylangandir? 6. Yo‘q, yo‘q, yig‘layotganim yo‘q. 
Hozir o‘tib ketadi.
Vergul o‘zi qaydan kelgan?
Qing‘ir-qiyshiq joydan kelgan.
Yangi chiqqan oydan kelgan,
Shovva bo‘lgan soydan kelgan.
Mergan tortgan yoyga qarang,
Vergul o‘sha joydan kelgan...
Sizga ayondir, hoynahoy,
Hov kamalak tug‘ilgan joy.
Vergul o‘sha joydan kelgan...
Vergul ayni pilla qurti,
Ayting, qayda pilla yurti?
Vergul uzoq Xitoydan kelgan.
Yo‘q, bir zamon Afandining
Bir poy kavushi yo‘qolgan,
Vergul o‘sha bir poydan kelgan.
Munosabat bildiring.
1. Shoir bu tinish belgini nimalarga qiyoslagan? 
2. Siz nimalarga o‘xshatgan bo‘lar edingiz?
Shoirning o‘xshatishlari
Sizning o‘xshatishingiz
Yangi oy
Erkaklar do‘ppisidagi naqsh
 Topshiriq. 
Shoir Erkin Vohidovning “
Vergul haqida
” she’rini o‘qing
.
http://eduportal.uz


176
ONA TILI 5-sinf
 
425-mashq.
 
Uyga vazifa. “Men nuqta va vergulni qayerlarda ishla-
tishni bilaman
” mavzusida 10–12 gapdan iborat matn tuzing. Quyi sinfl ar-

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin