Она тили 5 синф indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/190
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#209014
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   190
5-sinf ona tili uzb

 430-mashq.
Uyga vazifa. 
Tasavvur qiling: siz eng mashhur sport -
chi – jahon chempioni bilan yuzma-yuz uchrashib qoldingiz. Unga 5 ta 
savol berish imkoniyatingiz bor. Undan nimalarni so‘ragan bo‘lar edingiz? 
Savollaringizni yozing.
125-dars. UNDOV BELGISINING ISHLATILISHI
So‘z – zabarjad, so‘z – gavhar, oltin.
Zargarlikning mashaqqati ko‘p!
So‘zni baytga qadashdan oldin
Kaftingga qo‘y, to‘yib qara, o‘p!
Ona tilimni sevmasam, so‘zlariga mahliyo 
bo‘lmasam, hayrat lanmasam, menga shoirlik qay-
da edi?!
Oftob chiqdi, quyosh chiqdi, kun chiqdi,
Mehr-u, shams-u xurshidi gardun chiqdi.
Olimlar! Topib bering-chi, qaysi tilda quyoshning 10dan ortiq 
ismi bor?! Qaysi tilda osmonni kamalak ranglaridek 7 xil nom bilan 
 Topshiriq. 
Erkin Vohidov ijodiga mansub ushbu matnni o‘qing.
http://eduportal.uz


179
ONA TILI 5-sinf
 
ataydilar?! 
Osmon, falak, samo, charx, gardun, fazo, ko‘k … 
Bular 
daf ’atan xayolga kelganlari, xolos! 
Arsh, davvor, minu 
singari kam 
ishlatiladigan xos so‘zlar ham sanalsa, ro‘yxat yana uzayadi.
Ha, boylikda beqiyos ona tilimiz bor! (“
So‘z latofati
” 
asaridan
)

431-mashq. 
O‘tkir Hoshimovning “
Dunyoning ishlari
” asaridagi hiko-
yalarda qo‘llangan undov belgilariga diqqat qiling. Qo‘yilish sababini 
qoidaga tayanib izohlashga harakat qiling.
1. Ishqilib, boshqa yulduz uchmasin! 2. Mana shu shovulla-
gan sukunat ichida dilni titratadigan iztirobli nido yangraydi: Ilhaq! 
Is’hoq! 3. Oyiii! – dedi Xo‘ja umidsiz, ojiz tovushda. 4. O‘rtoqlaring 
oldida ayt! – dedi sinf rahbarimiz. 5. Xudo xohlasa, olgan molini 
qaytarib beradi, eshon oyi! 6. Uff! Isib ketdim! 

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin