Она тили 5 синф indd



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/190
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#209014
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   190
5-sinf ona tili uzb

 144-mashq.
Uyga vazifa.
 Quyidagi maqollarni o‘qib, mavzuga mos 
10–12 ta gapdan iborat matn yarating.
1. Odobli bola elda aziz. 
2. Otang bolasi bo‘lma, odam bolasi bo‘l. 
40-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
 
Topshiriq. 
Rasm asosida maktabingizda besh tashabbus doirasi-
da qanday ishlarni amalga oshirayotganingiz haqida og‘zaki matn 
yara ting. Qo‘llash uchun so‘zlar: 
texnologiya darsi, qo‘shiq, kuylamoq, 
sport, musobaqa, kompyuter, internet, kitobxonlik, badiiy asar, qizlar 
mehnati, e’tibor.
http://eduportal.uz


68
ONA TILI 5-sinf
 
145-mashq.
 Maqollarni ko‘chiring. Jasurlik va qo‘rqoqlik haqidagi 
ushbu maqollar mazmuniga mos keladigan qanday asarlar o‘qigansiz? 
Ularning nomini yozing.
1. Botir o‘lsa, nomi qolur, nomard o‘lsa, nimasi qolur? 
2. Yovdan qo‘rqqan – yovga do‘st, Elni suygan – elga do‘st. 
3. Tiz cho‘kib yashaguncha tik turib o‘lgan yaxshi. 4. Tulkidan 
sher chiqmas, Qo‘rqoqdan er chiqmas. 5. Qo‘rqoqda uyat 
bo‘lmas. 6. Qo‘rqoqqa ip ilon bo‘lib ko‘rinadi. 
146-mashq.
 Matnni o‘qing. Unda ishlatilgan 
e va o‘
 unlilarining ta-
laffuzi, imlosiga diqqat qiling. Yana qanday xalq qahramonlarini bilasiz?
ALP ER TO‘NGA
Afrosiyob – Turon davlatining sha’ni, shavkati uchun qattiq 
kurash olib borgan afsonaviy tarixiy shaxslardan biri. U yurti-
ni yovuz bosqinchilardan himoya qilgan ulug‘ sarkarda. Turkiy 
manbalarda bu hukmdor Alp Er To‘nga nomi bilan tilga olingan. 
Demak, Alp Er To‘nga va Afrosiyob, aslida, bitta shaxsning turkiy 
va forsiy nomlari bo‘lib, u Turon davlatining asoschisidir. 
Mahmud Koshg‘ariy o‘zining “Devonu lug‘otit-turk” kitobida 
Alp so‘zini quyidagicha izohlaydi: “Alp – botir, qahramon”. Turkiy 
xalqlarda botir sarkardalar va pod-
shohlar nomiga, odatda, Alp so‘zi 
qo‘shib ishlatilgan. 
Demak, Alp Er To‘nga bu nomni 
o‘ziga ism qilib olgan dastlabki inson, 
turkiy xalqlarning ilk podshohi 
dir. 
(“
O‘zbekiston tarixi
” 
kitobidan
)
Munosabat bildiring.

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin