ONA TILI 5-sinf 165-mashq. Q undoshi bilan boshlanib, q undoshi bilan tugaydigan 10 ta so‘z yozing. Yozgan so‘zingizni izohlang. Namuna:
Qayiq – suv transporti. 166-mashq. Uyga vazifa. Tarkibida g‘ va q undoshi ishtirok etgan 5 ta topishmoq topib yozing. 45 -dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH Ko‘priklar Insoniyat qadimdan foyda
lanib kelayotgan ko‘priklarning
paydo bo‘lishi ibtidoiy jamiyatga borib taqaladi. Ko‘priklar dast-
lab toshlar va yog‘ochlardan qurilgan. Keyinchalik temir-be-
ton ko‘priklar kashf etildi. Toshkentda ko‘priklar ko‘p. Ammo
uch qavatli ko‘prik zamonaviy me’morchilikning yorqin namu-
nasi bo‘lmoqda. Eng asosiysi, ko‘prikda birorta ham svetofor
bo‘lmaydi, transport vositalari to‘xtovsiz harakatlanishi ta’min-
lanadi. Ko‘prik va tunnelda qatnov olti qatorli bo‘ladi.
Yurtimizda qad rostlagan ko‘priklar Xitoydagi oynali ko‘prik,
AQShdagi “Oltin darvoza” gigant ko‘prigi, Angliyadagi ko‘tar-
ma ko‘prikdan sira qolishmaydi.
Topshiriq. Matnni o‘qing. Munosabat bildiring.
1. Insoniyat tarixida ko‘priklar dastlab qanday materiallardan quril- gan? Hozir-chi? 2. O‘zbekistonda qurilgan qanday ko‘priklarni bilasiz? 3. Odamlar qalbini bir-biriga bog‘laydigan ko‘priklar , deganda nima- larni tushunasiz? http://eduportal.uz