” mavzusi-
da matn yarating.
Dunyo, tasavvur qilmoq, dunyoqarash, ona tabiat, dalda,
do‘st, daraxt, osoyishta hayot, dildoshlar, dard, taassurot, eh-
tiyot, uddaburon.
Topshiriq.
Matnni o‘qing.
D va t
undoshlari ishtirok etgan so‘zlarga
e’tibor bering.
http://eduportal.uz
78
ONA TILI 5-sinf
Greta Tunberg kim va u nimaga erishmoqchi?
Tengdoshingiz Greta Tunberg haqida
odamlar ilk marta 2018-yil 20-avgustda
eshitdilar. 12 yoshli qizchaning qo‘lidagi
plakatda kattalar iqlim isishi muammosiga
e’tibor qilishmasa, maktabga chiqmasli-
gini yozgan edi.
“O‘qituvchimiz bizga ishlatilgan plas-
tik idishlar sababli okeanlarda paydo
bo‘la yotgan chiqindi uyumlari, dunyoning isishi oqibatida jabr
ko‘rayotgan qutb ayiqlari haqida fi lm qo‘yib berdi. Men yig‘la-
dim, sinfdoshla rim ham. Filmdagi sahnalar miyamdan chiqmay
qoldi”, degan edi Greta ilk intervyusida.
Greta Tunberg ota-onasidan iltimos qilib, uyiga tabiat uchun
bezarar quyosh panellarni o‘rnatdi. Tomorqaga ekin ekib, o‘zi
yetishtirgan mahsulotlar bilan oziqlana boshladi. O‘qishga ham
avtomobilda emas, velosipedda qatnaydigan bo‘ldi.
2019-yilning 23-sentabrida Greta Tunbergning Birlashgan
Millatlar Tashkiloti minbarida turib so‘zlagan nutqi ko‘pchilik ning
diqqatini jalb qildi.
“Men hozir maktabda bo‘lish o‘rniga iqlim o‘zgarishining
xavfi dan kattalarni ogohlantirib yuribman. Kelajak xavf ostida
qolayotganini tushunganim uchun shunday qilyapman. Men
his qilayotgan tashvishni hamma his qilishini, odamlar birlashib
tabiatga yordam berishlarini istayman”.
Greta Tunbergning xatti-harakatini har kim o‘zicha talqin
qildi: kimdir uni “tabiatning himoyachisi, xaloskori” desa, yana
kimdir qattiq tushkunlikdan ruhan siqilganini aytardi.
Ba’zilar Gretani jasur qiz desa, ba’zilar uni kalaka qilib, shu
yo‘l orqali mashhur bo‘lishni xohlagani haqida o‘ylardi. Lekin
bir narsa ayon – Greta Tunbergning so‘zlari tufayli dunyodagi
minglab odamlar tabiatni asrash kerakligini anglab yetdilar.
http://eduportal.uz
|