ONA TILI 5-sinf – Ha, yurganman.
– Qanday yurgansan?
– Ehtiyotlik bilan sekin yurganman.
– O‘g‘lim, odamlar bilan ham xuddi
shunday ehtiyotlik bilan muomalada
bo‘l, – debdi ustoz.
Ahmad, bu hikoyani qulog‘ingga
qu yib ol. Tilini tiygan kishi salomat bo‘ladi. Hadislarda: “So‘zing-
ga e’tibor ber. O‘rni bo‘lsa, yaxshi gap gapir, aks holda, sukut
ma’qul”, – deya marhamat qilingan. (
Tohir Malik )
177-mashq. Matndagi quyidagi so‘zlarni izohlab yozing: ustoz, muo- mala, nasihatgo‘y, aks holda, ma’qul, marhamat. 178-mashq. Sinfdoshlaringiz bilan odob-axloq, muomala mada niyati haqida maqollar musobaqasi o‘tkazing. 179-mashq. Matnni o‘qing. Aytilmoqchi bo‘lgan fi krga diqqat qiling. Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yo xud
axloq” asarida insonlarni “yaxshilik
ka chaqi-
ruvchi, yomonlikdan qaytaruvchi bir ilm”, ya’ni
axloq haqida fi kr yuritiladi.
“Axloq – bu xulqlar majmuyi. Xulq esa
ezgulik yoki razil
lik
ning insonda namoyon
bo‘lishidir. Kishilar tug‘ilishidan yaxshi yo yo-
mon bo‘lib tug‘ilmaydilar. Ularni muayyan
sharoit yomon qiladi. Demak, hamma narsa tarbiyaga bog‘liq.
Tarbiya yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat –
yo falokat masalasidir. Tarbiya inson tug‘ilgan kundan boshla-
nadi va umrining oxiriga qadar davom etadi”.
Munosabat bildiring.
1. Matnda insonlar bilan muomala qilish nimaga qiyoslanadi? 2. “Tilini tiygan kishi salomat bo‘ladi ” degan gapni sharhlang. 6 – Ona tili – 5 sinf
http://eduportal.uz