83
ONA TILI 5-sinf
– Sinf ro‘yxatini tuzing, har bir bolaning xulq-atvoridagi
aj-
dodlar
e’zozlagan va o‘zi ngizga yoqqan tomoni haqida o‘ylab
ko‘ring. Bu sifatni uning familiyasi qarshisiga yozing, faqat sof
vijdon
bilan yozing.
Juma
kuni dars oxirida u o‘quvchilardan
bajarilgan
vazifani
yig‘ib oldi. Dam olish kuni ustoz barcha
natija
larni tahlil qilib
chiqdi va dushanba kuni har bir o‘quvchiga sinfdoshlarining u
haqidagi faqat
ijobiy
fi krlarini yozib tarqatdi. O‘quvchilar ularni
o‘qiy boshlashdi. U yer-bu yerdan pichirlagan ovozlar eshitildi:
“Nahotki, bularning barchasi men haqimda? Meni shunchalik
yaxshi ko‘rishlarini bilmas edim”.
Ular natijalarini sinfda muhokama qilishmadi. Lekin o‘qituv-
chi maqsadiga erishgan edi: u o‘quvchilarning o‘ziga bo‘lgan
ishonchi ortganini sezdi.
Oradan yillar o‘tdi. Chegarachi Jasur xizmat vazifasini o‘ta-
yotganida halok bo‘ldi. Uni o‘z Vatanida dafn qilishdi. Jasur bilan
xayrlashishga uning do‘stlari, sinfdoshlari, o‘qituvchilari kelish-
di. Dafn marosimida uning onasi ona tili o‘qituvchisining yoniga
yaqinlashdi: “Men sizga bir narsa bermoqchiman, – dedi ona.
Cho‘ntagidan to‘rt buklangan qog‘oz oldi. Ko‘rinishidan, u ko‘p
marta ochib o‘qilgandi.
– Buni Jasurning kiyimlari ichidan topishdi, o‘g‘lim bu qog‘ozni
doim o‘zi bilan olib yurardi. Taniyapsizmi?”
Bu Jasurning ijobiy xislatlari bitilgan qog‘oz edi.
Munosabat bildiring.
Dostları ilə paylaş: