ONA TILI 5-sinf
248-mashq.
Matnda ajratilgan so‘zlarni izohlang va daftaringizga
bo‘g‘inga ajratib ko‘chiring:
ha-kim-dan –
donishmand, faylasufdan.
249-mashq.
Bo‘g‘in ko‘chirish qoidalari haqida boshlang‘ich sinf-
larda nimalarni o‘rgandingiz? Yodingizda borini aytib bering va bu qoi-
dalarning qanday ahamiyati borligi haqida fi krlashing.
250-mashq.
So‘zlarni bo‘g‘inlarga ajrating va daftaringizga ko‘chirib
yozing. Qaysi so‘zlarda bo‘g‘in ko‘chirib bo‘lmaydi?
Ma’lumot, maxsus, ta’kidlamoq, tatbiq, ko‘ngilchan, singil,
taassuf, taajjublanmoq, saodat, taxt, kelingiz, ingliz, gramm,
fonogramma, tramvay, kitobxon, Navro‘z – 2021, 5-“A” sinf,
jurnalist.
251-mashq.
Ko‘chirish qoidalari buzilgan so‘zlarni belgilang va
ularni to‘g‘rilab daftaringizga ko‘chiring.
Den-giz, ke-tin-glar, o-ta-la-ri, Nam-DU, ma-’lu-mot, B-MT,
Er-on, tong-gi, sa-noq-li, a-ka-xon, yan-ga, mat-baa, ya-n gi.
252-mashq.
Uyga vazifa. “Ustozim ulug
‘” mavzusida ko‘chirish qoi-
dalariga amal qilib, 10–12 ta gapdan iborat matn tuzing.
Munosabat bildiring.
1. Nima deb o‘ylaysiz: ustozingiz ulug‘lashga arziydimi? Nima uchun?
2. Ustozlar haqida qanday maqollar bilasiz?
1. Satrga sig‘may qolgan so‘zlar keyingi qatorga bo‘g‘in asosida
ko‘chiriladi:
tad-bir-kor, kol-lej, ma’-lum, ta’-lim
kabi (tutuq belgisi bi-
rinchi bo‘g‘inda qoldiriladi).
2. So‘z boshida kelgan yolg‘iz unli hech vaqt yakka o‘zi qoldirilmay-
di. So‘z oxirida kelgan yolg‘iz unli bir o‘zi keyingi satrga ko‘chirilmaydi:
e’-lon
emas,
e’lon
;
u-ka
→
uka
,
mu-do-fa-a
→
mu-do-faa
si n gari.
3.
Sh, ch, ng
harfl ari birikmasi doim birgalikda yoziladi:
ko-shona,
pi-choq, de-ngiz, sing-lim
kabi.
4.
5-“B”sinf, 26-uy, 100 gr, 25 sm, 10 mm
kabi ko‘rinishdagi birik-
malar ham bir-biridan ajratilmaydi.
http://eduportal.uz
|