119
ONA TILI 5-sinf 276-mashq. Matnda ajratilgan so‘zlarni izohlab, daftaringizga yozing. 277-mashq. Matndagi sinonim so‘zlarni toping va ko‘chirib yozing. 278-mashq. Matnda berilgan kamchilik, har safar, chiroyli, xafa, paydo bo‘lmoq, qo‘pol, yaxshi ko‘rmoq so‘zlariga zid ma’noli so‘z toping va ular ishtirokida gaplar tuzing. Masalan:
kamchilik – yutuq. Kamchiliklaringdan tashvishlanma, yutuqla- ringdan gerdayib ketma. 279-mashq. Tut, tom, palla, rasm so‘zlarining ma’nolarini izohlab, daf- taringizga yozing. 280-mashq. Uyga vazifa. To‘q, oq, o‘ra, bo‘lmoq, quymoq, ilmoq so‘zla- rining ma’nolarini izohlang. Ular ishtirokida gaplar tuzing. 77-dars. NAZORAT ISHI 78-dars. PARONIMLAR 281-mashq. Dars va darz so‘zlarining ma’nolarini bilasizmi? Ular bir- biriga nisbatan qanday so‘zlar sanaladi? Ularni almashtirib qo‘llasangiz, noqulay vaziyatga tushib qolmaysizmi? Masalan: Sinf oynasi dars ketdi – Darz o‘z vaqtida boshlandi. Munosabat bildiring.
1. O‘z-o‘zini boricha qabul qilish baxt uchun birinchi qadamdir, degan fi krga qo‘shilasizmi? 2. Sizda ham o‘zingizni tushunmay qolgan paytlar bo‘lganmi? 3. Siz o‘zingizda boshqalardan faqrli qanday jihatlar bor deb o‘ylaysiz? Talaffuzi va yozilishi bir-biriga juda yaqin, lekin ma’nolari farqli
bo‘lgan so‘zlar
paronimlar deyiladi. Masalan:
yod – yot, bop – bob, xalos – xolos kabi.
Ayting-chi? Yulduzlar tunda