Она тили 5 синф indd


falak da nur sochadimi  yoki  palak



Yüklə 3,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/190
tarix07.01.2024
ölçüsü3,42 Kb.
#209014
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   190
5-sinf ona tili uzb

falak
da nur sochadimi 
yoki 
palak
da? Ikkala so‘z o‘rtasidagi farqni bilasizmi? 
Ular ishtirokida gaplar tuzib ko‘ring.
http://eduportal.uz


120
ONA TILI 5-sinf
 
282-mashq.
 
Quyidagi paronim so‘zlarni o‘z izohlari bilan juftlab ko‘chi-
ring. 
Paronimlar: 
Xiyla, hiy la; ta’na, tana; aro, oro.
Izohlari: 
Makr, biroz; gavda, dashnom; orasida, pardoz.
283-mashq.
Quyosh quyidagi burjlarga kirganda, tabiatda qanday 
o‘zga rishlar bo‘lishini ayting. 
Burj va burch 
so‘zlariga izoh bering. 
O‘z 
burjingizni
 aniqlang. 
Burchingiz
 haqida gapiring.
Quyoshning bir yillik harakati yo‘lida joylashgan 
burjlar (o‘n ikki 
yulduz turkumi)
№ O‘zbekcha 
aytilishi
Qadimgi 
nomi
Yil sanasi
1
Qo‘y
Hamal
21-mart – 21-aprel
2
Buzoq
Savr
22-aprel – 21-may
3
Egizaklar
Javzo
22-may – 22-iyun
4
Qisqichbaqa
Saraton
23-iyun – 22-iyul
5
Arslon
Asad
23-iyul – 22-avgust
6
Parizod
Sunbula
23-avgust – 23-sentabr
7
Tarozi
Mezon
24-sentabr – 22-oktabr
8
Chayon
Aqrab
23-oktabr – 22-noyabr
9
O‘qotar
Qavs
23-noyabr – 22-dekabr
10
Tog‘ echkisi
Jad(i)y
23-dekabr – 22-yanvar
11
Qovg‘a
Dalv
23-yanvar – 21-fevral
12
Baliq
Hut
22-fevral – 20-mart
 284-mashq. 
Azim – azm, borlik – borliq, yoq – yog‘, zamin – zomin, urush –
urish, xat – had, hol – xol, chakka – chekka
so‘zlari bildirgan ma’nolarni 
aniqlang, ular ishtirokida gaplar tuzing va daftaringizga yozing.
 
Namuna:
Iste’dodli o‘quvchilar ichida do‘stlarim borligidan faxr-
lanaman. Borliq sinoatlarga to‘la. 
 285-mashq.
 
Uyga vazifa. 
Kechqurun falakka bir lahza qarab turing. Koi-
not haqidagi tasavvurlaringizni 10–12 gapdan iborat matnda yoriting.
http://eduportal.uz


121
ONA TILI 5-sinf
 
79-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
Ancha yillar avval 
nufuz
i – obro‘-e’tibori baland bir fabrikaning
direktori ikki xodimini Afrika bozorlarini o‘rganish uchun yubordi.
Birinchi xodim bu yer aholisini sinchiklab o‘rgandi va xo‘jayiniga 
axborot berdi: “Bu yerdan bizga hech qanday foyda yo‘q, chunki 
nufusi 
(aholisi)
 juda
qashshoq ekan, yalangoyoq yurarkan. Topgan 
foydamizdan ham 
judo 
bo‘lmaylik”.
Birinchi xodim bilan 
yondosh
yo‘lga chiqqan ikkinchi xodim 
masalaga o‘zgacha 
yondashdi
. U qaytganida bergan ma’lumot 
quyidagicha edi: “Biz oyoq 
abzal
i tikamiz. Imkonni qo‘ldan bermaslik 
kerak, shoshilaylik. Biz uchun 
afzal
tomoni shundaki, odamlarning
poyabzali yo‘q ekan”.
286-mashq.
 Matnda ajratilgan so‘zlarni daftaringizga ko‘chiring. Ma’no-
sini izohlang.
 287-mashq.
Berilgan paronimlar juftligini daftaringizga ko‘chirib 
yo zing. O‘qituvchingiz yordamida ma’nosini izohlang.
Bank-banka, bob-bop, gaz-g‘oz, davo-da’vo, daha-daho, 
faqir-paqir, soda-sodda, siqim-sig‘im, undash-undosh, uquv-o‘quv, 
ham-xam.

Yüklə 3,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin