Yuqoridagi matndan k , q undoshlari bilan boshlanadigan so‘zlarni ko‘chiring. Masalan: ko‘priklar, qurilgan. 168-mashq. Nuqtalar o‘rniga kerakli harfl arni qo‘yib, gaplarni ko‘chi- ring. 1. Tosh...entda uch qavatli ...o‘prik ...ad rostladi. 2. Yangi
Orleandagi Ponshartren …o‘li ustidagi ko‘pri… to‘…on vazifa-
sini bajaradi. 3. San Diyegodagi Koronado Bridj ko‘pri…ining
ulkanli…idan uning ostidan kemalar bemalol o‘ta oladi. 4. Ar-
kanzas ko‘pri…i jarli…larni birlashtiradi. 5. Yaponiyada shahar-
larni birlashtiruvchi ko‘pri…lar ham mavjud.
169-mashq. “K-k o‘yini ”. 3 guruhga bo‘lining. K bilan boshlanib, k bilan tugaydidan so‘zdan 10 ta topib daftaringizga yozing va izohlang. Qaysi guruh birinchi yozib bo‘lsa, g‘olib hisoblanadi. Namuna:
kurak. Sochilgan narsalarni to‘plab biror narsaga
solish uchun mo‘ljallangan asbob.
Kurak. Yelkaning yuqori qismidagi uchburchak shaklli yal-
poq suyak. (
“Ming bir so‘zni bilaman” kitobidan )
170-mashq. Uyga vazifa. Siz qanday ko‘prik kashf qilishni istaysiz? “Kelajak ko‘priklari ” mavzusida 10–12 ta gapdan iborat matn tuzing. 46-dars. D VA T UNDOSHLARINING TALAFFUZI VA IMLOSI 171-mashq. D va t tovushlari qatnashgan so‘zlarni tinglang. Ular ishtirokida 10 ta gapdan iborat “ Dunyoni qanday asraymiz?