t.me/tilshunoslik/beneficialeducation
9
85.Ayrim harflar izohi. J, j harfi
jo’ja, jajji kabi so’zlarda
til oldi, portlovchi, jarangli tovushni ifodalaydi.
Jurnal,
jirafa kabi so’zlarda esa til oldi, sirg’aluvchi, jarangli tovushni ifodalash uchun qo’llaniladi.
86.X,X va H, h harflari. X,
x harfi q, g’ tovushlari bilan bir xil o’rinda, tilning orqa qismida hosil bo’ladigan
undosh tovushni ifodalaydi. H, h harfi esa bo’g’izda hosil bo’ladigan undosh tovushni ifodalaydi.
87.F, g undoshining talaffuzi va imlosi. F undoshi
fil, futbol singari so’zlarda p holida o’qilsa ham, f bilan yoziladi.
Afzal, afg’on kabi so’zlarda f undoshi, p yoki v holida o’qilsa ham, f bilan yoziladi.
88.Ng, ng harflar birikmasi va uning vazifalari. Ng harflar birikmasi bitta til orqa undoshini ifodalaydi. Bu harflar
birikmasini ikkita alohida n va g undoshlarini ifodalovchi harflarning yonma-yon kelishidan farqlash lozim. Ng
harflar birikmasi bir bo’g’in tarkibida, n va g harflari boshqa-boshqa bo’g’inlar tarkibida keladi. Solishtiring:
shudring, ko’-ngil, si-ngil, ko’rdin-giz, men-ga, osmon-ga, kon-gress, shtan-ga.
_______________________________________________________________________________
89.Sh, sh va Ch, ch harflar birikmalari hamda ularning vazifalari. Sh, sh harflar birikmasi bitta til oldi, sirg’aluvchi,
jarangsiz undoshni ifodalaydi. Eslatma: S va h yonma-yon kelib, alohida tovushlarni ifodalaganda,
ular orasiga
tutuq belgisi (‘) qo’yiladi. Ch, ch harlar birikmasi bitta til oldi, portlovchi, jarangsiz undoshni ifodalaydi.
90.
Qo’sh undoshlar talaffuzi va imlosi. Tarkibida yonma-yon bir xil undoshlar kelgan so’zlar qo’sh
undoshli
so’zlardir.
Ikki, chaqqon kabi so’zlarda qo’sh undosh qismlari aniq talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Million,
artilleriya kabi so’zlarda kelgan qo’sh undoshlar bir undoshdek talaffuz etiladi, lekin qo’sh undosh bilan yoziladi.
Dostları ilə paylaş: