Ona tili, 5-sinf qoidalari Til jamiyatga, ya’ni odamlarning o’zaro munosabatga kirishuviga, aloqa qilishiga xizmat qiladi, shuning uchun u ijtimoiy hodisa



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/21
tarix19.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#117779
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Ona tili, 5 sinf qoidalari Til jamiyatga, ya’ni odamlarning o’za

Gramm, metall kabi so’zlar oxirida kelgan qo’sh undoshlardan biri talaffuzda tushirib qoldirilsa ham, yozuvda 
hamisha ifodalanadi. Bunday undosh bilan tugagan so’zlarga xuddi shu tovush bilan boshlanadigan qo’shimchalar 
qo’shilganda, qo’sh undoshning biri yozilmaydi. 
91.Tutuq belgisining ishlatilishi. Tutuq belgisi a’lo, ra’no kabi so’zlarda unlidan keyin kelib uning cho’ziqroq 
aytilishini ifodalaydi. San’at, in’om singari so’zlarda tutuq belgisi unlidan oldin qo’yiladi va unlini undoshdan 
ajratib talaffuz etilishini ifodalaydi. Mo’jiza, mo’tadil kabi so’zlarda o’ unlisi cho’ziq talaffuz qilinsa ham, tutuq 
belgisi qo’yilmaydi. 
92.Qator undoshlarning talaffuzi va imlosi. Bir bo’g’inda yonma-yon ikki xil undosh kelgan so’zlar qator 
undoshli so’zlardir. So’z boshidagi qator undoshlar o’rtasiga yoki oldiga bir qisqa unli qo’shib talaffuz qilinsa ham, 
bu qisqa unli yozilmaydi. Go’sht, barg, do’st kabi so’z oxirida kelgan qo’sh indoshlardan biri talaffuzda tushib 
qolsa ham, yozuvda ifodalanadi. Paxta, nimcha, o’simlik so’zlarida ham yonma-yon kelgan ikki undosh bor, lekin 
bu undoshlar bir bo’g’inda bo’lmaganligi uchun qator kelgan undoshlar hisoblanmaydi. 
93.Bo’g’in. Bir havo zarbi bilan aytilgan tovush yoki tovushlar birikmasiga bo’g’in deyiladi. Bo’g’in unli 
tovushlar asosida hosil bo’ladi. Har bir bo’g’inda bitta unli qatnashadi, shuning uchun so’zda nechta unli bo’lsa, 
shuncha bo’g’in bo’ladi. So’zning asos va qo’shimchalarga ajralishi bilan bo’g’inlarga ajralishi teng emas: go’sht-
ni, barg-ga so’zlarida asos va qo’shimchalar bilan bo’g’inlar teng kelayotgan bo’lsa, go’sht-i, bar-gi so’zlarida 
teng emas. Bo’g’inlar ikki turli bo’ladi: ochiq bo’g’in va yopiq bo’g’in. Unli bilan tugagan bo’gin ochiq, undosh 
bilan tugagan bo’g’in esa yopiq bo’g’in hisoblanadi. Masalan: o-na, no-la so’zlaridagi har ikki bo’g’in ochiq, tosh-
lar so’zidagi har ikki bo’g’in yopiq bo’g’indir. 
94..Bo’g’in ko’chirish qoidalari. So’zlar qatorga sig’may qolganda, bo’g’in ko’chirish qoidalari asosida keyingi 
qatorga olib o’tiladi. Birinchi yoki oxirgi bo’g’in bir tovushdan iborat bo’lsa, ular yakka holatda qoldirilmaydi. 
Keyingi qatorga ibo-li, uka-si, ata-ma tarzida ko’chiriladi. Sh, ch, ng harflar birikmalari birgalikda ko’chiriladi: pe-
shona, Chir-chiq, ko’-ngil kabi. 2005, XXI 5-“B” sinfi, “Navro’z – 2015”, BMT kabi so’zlar qatordan qatorga 
bo’lib ko’chirilmaydi.
95.Urg’u va uning turlari. So’z urg’usi. So’z bo’g’inlaridan yoki gapda ishtirok etayotgan so’zlardan birining 
boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishiga urg’u deyiladi. Urg’u ikki xil bo’ladi: 1) so’z urg’usi; 2) gap 
urg’usi. So’z bo’g’inlaridan birining boshqalaridan kuchliroq talaffuz qilinishi so’z urg’usi deyiladi. Tilimizda so’z 
urg’usi ko’pincha so’zlarning oxirgi bo’g’iniga tushadi. So’zda bo’g’inlar ko’payishi bilan urg’u ham oxirgi 
bo’g’inga ko’chib boradi. Yozuvda urg’u tushgan bo’g’in tepasiga (‘) belgisini qo’yish bilan ifodalash mumkin. 
Masalan: dalá, dalalár, dalalargá


t.me/tilshunoslik/beneficialeducation 
10
102.Gap urg’usi. Gapda ishtirok etayotgan so’zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishiga 
gap urg’usi yoki mantiqiy urg’u deyiladi. Masalan: Buvijonim so’zlarini kutaman. 
103.Tovsuhlarning orttirilishi va tushib qolishi. Rost (ros), g’isht (g’ish) kabi so’zlarning oxiridagi tovush 
talaffuzda tushib qoladi, ammo ular yozuvda saqlanadi. Oid, shoir so’zlarida esa ikki unli orasida talaffuzda y 
undoshi orttiriladi, lekin yozuvda asl holati saqlanadi. O’rni, singlisi, pasay kabi so’zlarda o’zgarish abadiy me’yor 
sanaladi. 
104.Leksikologiya yunoncha lexikos – “lug’at”, logos – “ta’limot” so’zlaridan olingan bo’lib, so’z haqidagi
to’g’rirog’i, so’z ma’nolari haqidagi ta’limotdir.
105.So’zning atash ma’nosi. So’zlarning borliqdagi qanday narsa-hodisalar, belgi-xususiyatlar, harakat-holatlarni 
bildirishi uning atash ma’nosi sanaladi. Faqat mustaqil so’zlargina atash ma’nosiga ega bo’ladi. Olmoshlar bundan 
mustasno. Ular atash ma’nosiga ega bo’lgan so’zlarga ishora qiladi. 
106.Bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlar. So’zlar bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlarga bo’linadi. O’n, Toshkent, 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin