So’zlarning teng bog’lanishi so’z qo’shilmasini hosil qiladi:yoshlar va kelajak
Teng bog’laninishda tobe va hokim so’z bo’lmaydi.
.
Bilib oling. Ikki va undan ortiq mustaqil so’z grammatik va ma’no jihatdan birikib, so’z birikmasini hosil qiladi. So’z birikmasi hokim so’z va tobe so’zdan tuziladi. Tobe so’z hokim so’zni aniqlab, to’ldirib, izohlab keladi. Turli turkum so’zlari hokim so’z vazifasida kela oladi.
So’z birikmasi hokim so’zning qaysi turkumga oid so’z bilan ifodalanishiga qarab, ikki guruhga bo’linadi: otli so’z birikmasi, fe’lli so’z birikmasi.
Otli so’z birikmasida hokim so’z ot va otlashgan so’zlar bilan ifodalanadi: shaharning ko’chalari, hammasidan katta, chumchuqning chug’ur-chug’uri, o’quvchilarning beshtasi, beqiyos o’lka, katta qishloq,
Fe’lli so’z birikmasida hokim so’z fe’l bilan ifodalanadi: kitobni o’qimoq, daftarga yozmoq, tez yugurmoq, ohista gapirmoq, ta’sirli so’zlamoq, zavq bilan o’qimoq.
O’zbek tilida so’z birikmalarining tobe so’zi, asosan, hokim so’zdan oldin keladi.
24-topshiriq. Gaplar (maqollar) tarkibidagi so’z birikmalarini aniqlab, ularni otli so’z birikmasi hamda fe’lli so’z birikmasiga ajratib yozing. 1. Bo’zchi belbog’ga yolchimas. 2. Umidsizlik uyin buzsang, umidingga yetarsan. 3. Bulbul chamanni sevar, odam — Vatanni. 4. Maydonda sinalgan odam — elda aziz. 5. Ona yurting omon bo’lsa, rangi-ro’ying somon bo’lmas. 6. O’zingni er bilsang, o’zgani sher bil.
Dostları ilə paylaş: |