a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
7-mashq Quyida barcha (6 ta) mustaqil so’z turkumlarining har biriga 5 tadan misol aralash holda berilgan. Ularni jadvalga ajratib joylashtiring.
Kuz, biz, ertalab, o’tir, o’ntacha, buyuk, borma, sakkizinchi, hech kim, chop, chiroy, uchala, qani, foydalan, uyqu, chiroyli, bugun, bari, mardlarcha, befoyda, so’zla, shirin, picha, foyda, uzun, mingta, har narsa, ohista, havo, oltov.
ot
|
Sifat
|
Son
|
Olmosh
|
Fe’l
|
Ravish
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
4-topshiriq. Yuqoridagi so’zlarni qaysi turkumga oidligi asosida jadvalga joylashtiring
Fe’l
|
Ot
|
Sifat
|
Son
|
Ravish
|
Olmosh
|
|
|
|
|
|
|
9-mashq:. Rivoyatni o’qing va mazmunini so’zlab bering. Undagi «insonlik sha’niga isnod», «tiriklikdagi o’liklik» iboralari ma’nosini ham sharhlang.
SHARAFLI BURCH
Bir kuni mavlono Alisher Navoiy mulozimlari bilan otda uzoq tog’ sayridan qaytib kelayotgan ekan. Yo’l qabriston oralab o’tar ekan, qabristonga yuz qadam chamasi qolganda mavlono otdan tushib, boshini quyi solib yo’lida davom etibdi. Mulozimlari ham otlaridan tushib, uning ortidan ergashibdilar. Qabristondan ancha uzoqlashgandan keyin yana otlariga minib, o’tib ketishibdi. Biroz yurishgandan so’ng mulozimlar shoirning qabristonga yaqinlashganda otdan tushishi sababini so’rabdilar. Alisher Navoiy ancha vaqt sukut saqlab turibdi-da, keyin mulozimlaridan norozi ohangda shunday deb javob beribdi:
— Bu yerda xalqimizning jigargo’shalari, tabarruk padari buzrukvorlari mangu uyquga ketganlar. Bular yonidan ot choptirib, changitib o’tish insonlik sha’niga isnoddir, nahotki shuni ham bilmasalaring? Buni bilmaslik tiriklikdagi o’liklikdir. Ota-bobolarimiz xokini, xotirasini e’zozlamoq har bir kishining sharafli burchidir.
Mulozimlar otasi oldida ayb ish qilib qo’ygan boladek to Hirotning qorasi ko’ringuncha tillarini tishlab, aqlini peshlab boribdilar. (Qudrat Hikmat)
2- topshiriq. Matndagi mustaqil so’zlarni turkumlarga ajrating va o’zi bog’langan so’z bilan birgalikda ko’chirib yozing.
Dostları ilə paylaş: |