Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 8 -sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III.Yangi mavzu bayoni
HILM NIMA?
Anushervon Buzurgmehrdan:
− Hilm nima? − deb so`rabdi.
− Hilm – axloq dasturxonining tuzi. Hilm so`zini teskari o`qisang, milh, ya’ni “tuz” bo`ladi. Hech bir ovqat tuzsiz ta’mga ega bo`lmaydi. Hech bir xulq ham hilm, ya’ni muloyimliksiz kamol topolmaydi, – deb javob berdi.
Anushervon yana undan:
− Hilmning belgilari qanday bo`ladi? − deb so`radi.
− Uning uch alomati bo`ladi, − deb javob berdi Buzurgmehr, − birinchisi − birov senga qovog`ini solsa yoki achchiq so`zlarni aytsa ham, unga nisbatan shirin so`z aytasan, agar u o`z fe’li bilan xafa qilsa, uni xursand qilishga urinasan. Ikkinchisi − g`azab o`t olib osmonga o`rlagan paytda ham sukut qilib, xomush bo`lib turasan. Uchinchisi − biror kimsa kirdikori bilan g`azabga loyiq bo`lsa ham, g`azabni ichga yutib, o`zingni bosasan!
Dostları ilə paylaş: |