II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
143-mashq. Qatordagi gaplardan qaysilarida gap bo`laklarining odatdagi tartibi o`zgargan.
I. 1.Gar bu gulshanda ano bo‘lsa gul-u sarv − ato, Sen kabi tug‘mag‘usi sarvi gulandom o`g`ul. (Ogahiy) 2. Har bir daraxtning mevasi bor, ko‘ngilning mevasi esa farzanddir. (“Otalar so‘zi”) 3. O‘shal farzand birla shod bo‘lg‘ay, Bori qayg‘usidin ozod bo‘lg‘ay. (Sayyodiy)
II. 1. O‘zing ham, moling ham otangnikidir. (Hadis) 2. Atoga kim bu yanglig‘ qilsa xizmat, o‘z o‘g‘lindin aningdek topg‘ay izzat. (Qutb) 3. Namozi bomdoddin keyin volidangni ziyorat qil va xizmatida bo‘l. (Muhammad Siddiq Rushdiy)
III. 1. Jannat onalar oyog‘i ostidadir. (Hadis) 2. Otalarning do‘stligi bolalarni yaqinlashtiradi. (“Otalar so‘zi”) 3. Ota-ona behad bo‘ladi xursand, Farzand bo‘la olsa munosib farzand. (Muhammad Javhar Zamindor)
144-mashq. Berilgan she’riy parchani diqqat bilan o‘qing. Gap bo‘laklari qanday joylashganligini aniqlang. Gap bo‘laklari noodatiy tartibining sabablarini tushuntiring.
Farzand ota qullug`in chu odat qilg`ay,
Ul odat ila kasbi saodat qilg`ay.
Har kimki otog`a ko`p rioyat qilg`ay,
O`g`lidin anga bu ish siroat qilg`ay.
(Alisher Navoiy)
Dostları ilə paylaş: |