Kishilik olmoshlari: men, sen, u; biz, siz (sizlar), ular
O'zlik olmoshi: o'z
Ko'rsatish olmoshlari: bu, shu, u, o'sha, ana, mana, mana bu, mana shu, manavi, anovi
So'roq olmoshlari: kim? nima? qayer? qanaqa? qayda? qaysi? qalay? qaneha? neeha? nega?
Belgilash olmoshlari: hamma, barcha, bari, har bir, har nima, har narsa, har qanday, har qaysi
Bo'lishsizlik olmoshlari: hech kim, hech narsa, hech qachon, hech qanaqa, hech qaysi
Gumon olmoshlari: kimdir, nimadir, allakim, allaqanday, qaysidir, allanarsa, allaqancha, allaqaysi
20-mashq: Misollarni ko’chiring. Olmoshlarni topib, qaysi ma’no turiga mansubligini ayting.
1. Agar indamasak, senlarning lapar aytishlaring kechgacha tugamaydiganga o’xshaydi. (S.A.) 2. O’z uyim deb so’zlama, uy ortida kishi bor. 3. Har yerni qilma orzu, har yerda bor tosh-u tarozi. 4. Baxil topsa bosib yer, saxiy topsa barcha yer. (Maqollar) 5. U kishidan bir gap chiqadi. (A. Q.) 6. Hamma gapingiz haq, o’rtoq Ahmedov. (A. Q.) 7. Unday bo’lsa, eshonu Sulton bilan Fuzayl maxsum nega bunday yarashga unamaganlar? (S.A.) 8. Shu xayol, shu tasavvur bilan yigit Darai Nihonga qarab jo’nadi. (S.A.) 9. Bunga mening insofim yo’l bermaydi. (S.A.) 10. Shirinso’z, mehribon xola yana uni yelkasiga qoqib omonlashdi. (Mirmuhsin) 11. U ona bo’lishdan behad shod. (I. Rahim) 12. Uning qoni to’kilgan joydan shifobaxsh buloq chiqqan. (I. Rahim) 13. Bu gapni hazilga yo’yish uchun Sidiqjon ham kuldi. (A. Q.) 14. Sizdan qarzimni uzib, keyin bolamga qarz bermoqchiman. (A. Q.) 15. Siz meni qanday dir sirli odam deb o’ylayapsiz. (Mirmuhsin)
21-mashq.Quyidagi berilgan izohlardan lopar,baxil,saxiy,insof, omonlashmoq, yo’ymoq so’zlarining ma’nolarini topiblug’at daftaringizgako’chiringva eslab oling.1)birovga hech narsani ravo ko’rmaydigan;sarf-harajatni yoqtirmaydigan;
Dostları ilə paylaş: |