Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
48-mashq. Berilgan mavzularda erkin mavzudagi insho yozish uchun qaysi sohalarga oid bilimlar zarurligini ayting va fikringizni sharhlang.
1. Kitob — bilim manbai. 2. Vatanni sevmoq iymondandir. (Hadisdan) 3. Nima uchun Bobur asarlari menga yoqadi? 4. O’zbekiston — Vatanim manim. (A. O.) 5. Tanti dehqon o’zbegim. (E. V.) 6. Hayotda bo’lmasa muallim agar. (A.Jomiy) 7. Inson har narsadan ulug’
Bilib oling. O’quvchining ma’lum bir mavzuga oid bilimlari, axloqiy-tarbiyaviy, ijtimoiy-siyosiy dunyoqarashi, fikr-mulohazalarini aks ettiruvchi insholar erkin mavzudagi insholardir. Erkin mavzudagi insholarda o’quvchining bir mavzu bo’yicha turli fanlardan olgan bilimlari va uning shaxsiy taassurotlari birgalikda ifodalanadi.
49-mashq. Adabiyot, ona tili, tarix, geografiya, biologiya fanlari bilan aloqador erkin insho mavzularini shakllantiring. Ulardan birining mufassal rejasini tuzing.
N a m u n a:
O’ZBEKISTON - VATANIM MANIM
Reja:
I. K i r i s h. O’zbekistonning tarixi va istiqboli haqida.
II. A s o s i y q i s m:
1. «Men nechun sevaman 0’zbekistonni?»
2. O’zbekiston jahonga yuz tutmoqda.
3. Vatanimning tabiiy boyliklari.
4. Vatanim — rivojlangan sanoat maskani.
5. O’zbekiston shoirlar va adiblar madhida.
III. X u l o s a. O’zbekiston — kelajagi buyuk davlat.
50-mashq. Berilgan mavzu va reja asosida erkin mavzuda insho yozing.
DAVLATIMIZ MADHIYASI
Reja:
I. K i r i s h. Madhiyamizni o’qiganimizda yoki tinglaganimizda ko’z
oldimizda nimalar gavdalanadi?
II. A s o s i y q i s m:
1. Madhiyamiz tasvirida va mening tasavvurimda Vatanim.
2. Vatanimning o’tmishi va buguni.
3. Vatanimning kelajagi.
III. X u l o s a. Men o’z Vatanim bilan faxrlanaman.
Dostları ilə paylaş: |