II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
115-mashq. Berilgan gaplarda qanday bo‘laklar qatnashganligini aniqlab, tegishli belgilarini qo‘ying.
1. Gapirishni bilish talantdir. (Stendal) 2. Bahslashish ko‘plarning qo‘lidan keladi, oddiygina suhbatlashishni esa kamdan kam kishi uddalaydi. (A.Olkott) 3.
Odamlar bilan ularning aqliga monand gaplash. (Sa’diy) 4. So‘z xulq-atvor demakdir. (L.Tolstoy) 5. So`z gavhari garchi bordir aziz, Fahmi yo`q oldidadur bir qadrsiz. (Nishotiy) 6. Amalsiz ilm − mevasiz yog‘och. (“Otalar so‘zi”)
Bilib oling.
Ega va kesimdan yoki faqat kesimdan iborat gap yig‘iq gap hisoblanadi.
Misollar: Men – o‘qituvchi. O‘qituvchiman
|
48.2-mashq. Berilgan gaplarda qanday bo‘laklar qatnashganligini aniqlab, tegishli belgilarini qo‘ying. Gaplarning kesimdan boshqa bo‘laklarini tushirib qoldirib o‘qib ko‘ring. Qolgan qismni gap deyishimiz mumkinmi?
1. Dono suhbatidan sira qochmagil, Ta’sirin o‘tkazar senga ham u til. (Nosir Xisrav) 2. Biz ko‘pincha javobga muhtojligimiz tufayli emas, balki o‘zgalarning ovozini eshitish, ularni o‘zimizga og‘dirish, suhbatga tortish uchun savol beramiz. (Plutarx) 3. Mutolaa insonni bilimdonlik sari, suhbat topqirlik sari yetaklaydi. (F.Bekon) 4. Bilmagan o`z qadrini ne bilsun so`z qadrini. (Ogahiy) 5. Kim oz dedi, so`z aysh-u kom o`ldi anga… (A.Navoiy)
Dostları ilə paylaş: |