Tabiat inson qo‘liga qurol − intellektual axloqiy kuch-qudratni berdi, lekin u bu qurolni aks tomonga xizmat qildirishi ham mumkin, binobarin, axloqiy e’tiqodi, jinsiy va did instinktlari pastkash bo‘lgan odam eng nopok va vahshiy kimsaga aylanib qoladi. (Arastu) 2. Biz ko‘proq yoki boshqacharoq ko‘rishni, ya’ni muayyan narsada mavjud bo‘lmasa-da, boshqa bir narsada bor bo‘lgan nimanidir ko‘rishni xohlaymiz. (Parmenid) 3. Hamma narsaning asosida ikki ibtido: olov va yer yotadi. (Parmenid) 4. Ichki idrok amriga bo‘ysunsang, katta inson bo‘lasan, ikkinchi darajali (ya’ni ko‘z va quloq sezgilari) tuyg‘ularga amal qilsang, mayda odamga aylanasan. (Men-Szi) 5. Ayni vaqtda, “muhmali g‘alla” − ya’ni qop kiyadigan darajaga yetganini ham aytib, o‘z ahvoliga kinoya qilmoqda edi. (A.Qodiriy) 6. Binoiy avvalgi ruboiysiga kamtarona baho berib, uni “muhmal” – “xom” deb atagani ham ajoyib edi. “Muhmal”ga “musta’mal”, ya’ni “pishiq”, “mukammal” so‘zining ichki qofiya qilingani ham Boburga juda yoqdi, u munshiyni chaqirib, mulla Binoiy aytgan ruboiylarni yozib olishni buyurdi. (P.Qodirov)
Bilib oling
Gapda biror bo`lakning ma’nosi so`zlovchi nazarida noaniqroq bo`ladi va uning ma’nosini aniqroq bеrish, izohlash maqsadida xuddi shunday boshqa bo`lakni gapga kiritadi. Masalan, Mеn ishni mana shundan boshladim gapida shundan to`ldiruvchisining ma’nosi noaniq. Shuning uchun so`zlovchi aniqroq ma’noli boshqa bir to`ldiruvchini gapga kiritadi: Mеn ishni mana shundan, ya’ni tushuntirishdan, boshladim. O`zidan oldingi bo`lakni izohlagan bunday bo`lak ajratilgan izoh bo`lak dеyiladi. Ajratilgan bo'lak quyidagi turlarga bo'linadi:
1) ajratilgan to'ldiruvchi: Oyimni, ya’ni Xosiyat Suvonovani, mukofotlashdi.
2)ajratilgan aniqlovchi: Qobil bobo, yalangbosh, yalangoyoq, eshik yonida dag'-dag' titraydi.
3)ajratilgan hol: Uning qo`lidan ushlab ichkariga, mеhmonxonaga, boshladi; Anjuman bugun, soat bеshda, boshlanadi; Qo`llar ishlar tеz – mo`’jizakor; Shaharga borish uchun, ya’ni o`g`lini ko`rish uchun, ulov qidirdi; Bugun sizni yana, ikkinchi marta, kеchirishdi.
4) ajratilgan izohlovchilar, asosan, izohlanmishdan keyin keladi va o'ziga xos ohang bilan aytiladi. Ajratilgan izohlovchilar ko'pincha egaga taalluqli bo'ladi: O'g'lim, qo'zichog'im, orom olib uxlayapti, – dedi ona. Birozdan so'ng
Hasan oka, fizika o'qituvchisi, kirib keldi.
|