«Ona tili» 9-sinf



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə38/131
tarix28.03.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#90629
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   131
2 5474398773276836666

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa



Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
1-topshiriq. Berilgan qo’shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarni aniqlang.
1. Vatanimizning kelajagi shuning uchun ham buyukki, unda yashayotgan aholining katta qismini yoshlar tashkil etadi. (Azim Suyun) 2. Erta eksang, erta o’rasan. (Maqol)


Bilib oling. Ergashgan qo’shma gaplar, tarkibida nechta gap bo’lishidan qat’iy(qat'i) nazar, doimo ikki qismdan tashkil topadi: 1) bosh gap; 2) ergash gap. Mazmuni izohlanayotgan gap bosh gap, bosh gap mazmunini izohlayotgan gap ergash gap hisoblanadi.


Eslab qoling. Ergashgan qo’shma gaplar tuzilishiga ko’ra so’z birikmalariga o’xshaydi. So’z birikmasi tarkibidagi so’zlar nechta bo’lishidan qat’i(y) nazar, doimo ikki qismdan - hokim va tobe so’zlardan tashkil topadi.


84 mashq. Qo’shma gap qismlarining qaysisi bosh gap, qaysisi ergash gap ekanligini aniqlang.
1. Agar arqondan qo’llari chiqib ketsa, to tuman tarqalguncha yo’l topolmay sarson bo’lib yuraveradilar. (Said Ahmad) 2. Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlaymanki, mening kasb tanlashimga otamning do’mbirasi sababchi bo’lgan. (Murod Muhammad Do’si) 3. Topgan obro’ni yo’qotmaslik shart, chunki obro’ ko’ylak emaski, yangisini bozordan olsang. (Omon Muxtor) 4. Birinchi qaldirg’och parvozini ko’rgan kishi qanday sevinsa, Avaz ham bundan shunday quvonadi. (S. Siyoyev)


85-mashq. Matnni o’qing. Tarkibidagi qo’shma gaplarni ajratib yozing va qo’shma gap turini aniqlang.
Ravshanlik tilning asosiy fazilatidir. Fikr tiniq bo’lsa, nutq ravon va chiroyli bo’ladi. Shoshilib, uzuq-yuluq gapirgan odam so’z ustasi sanalmaydi. Shuni bilingki, bunday odamlar ko’pincha maqtanchoq va yolg’onchi bo’ladi. Demak, o’z fikrini o’ylab, bosiqlik bilan gapirgan odam har doim yutadi.


86-mashq. Matnni o’qing, bosh va ergash gaplarni aniqlang.
1. Shuni bilingki, bitta so’zning tig’i yuzta shamshirdan o’tkirroqdir. 2. Inson qanchalik kamtar bo’lsa, u shunchalik maqtovga loyiqdir. 3. Kimning yuragida yaxshilik bo’lsa, u doimo boshqalarga yaxshilikni ravo ko’radi. 4. Hamisha to’g’rilar yonida bo’linglar, chunki ular hech qachon sizni noto’g’ri yo’lga boshlamaydi. 5. Til tinch bo’lsa, bosh salomat bo’ladi. («Otalar so’zi»)


88-mashq. Uyga vazifa. Maqollarning tushirib qoldirilgan qismini tiklang va qo’shma gapni izohlang, bog’lovchi vositalarini tushuntiring.
1. Ona yurting omon bo’lsa,... 2. Ish quroling soz bo’lsa,... 3. Birni kessang, ... 4. Er boshiga ish tushsa, ... 5. Qozonga yaqin yursang, ... 6. Yaxshi bilan yursang, ...



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin