«Ona tili» 9-sinf



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə77/131
tarix28.03.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#90629
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   131
2 5474398773276836666

Darsning qismlari

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa



Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tiliga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 9-sinf uchun darslik. 9-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
1-topshiriq. Berilgan qo’shma gaplarni qismlarga ajrating.
1. Suv keldi — cho’llarda hayot boshlandi. Suv keldi va cho’llarda hayot boshlandi.
3. Suv keldi, shuning uchun cho’llarda hayot boshlandi.
3-topshiriq. Berilgan qo’shma gaplarni qismlarga ajratib, kesimlari ostiga chizing.
1. Ruboiyni ichida o‘qidi, yuzini tabassum qopladi. (Oybek) 2. Yana uvlar dahshat shamoli, Ko’kni qora bulut quchadi. (Temur Fattoh) 3. Suv keldi nur keldi. 4. Orzum shul: o’chmasin yongan chirog’ing. (A. Oripov)


Bilib oling. Tarkibidagi sodda gaplar mazmunan bir-biri bilan bog’liq bo’lib, maxsus bog’lovchi vositalarsiz, faqat ohang yordamida bog’langan qo’shma gaplar bog’lovchisiz qo’shma gaplar sanaladi. Tahlilda bog’lovchisiz qo’shma gaplar bir-biri bilan to’g’ri chiziq bilan bog’langan ikki to’rtburchak (,)— orqali ifodalanadi. Bu bog’lovchisiz qo’shma gap qolipi sanaladi.


Eslab qoling. Bog’lovchisiz qo’shma gap qismlarini yozuvda ajratish uchun vergul, tire, ikki nuqta (nuqtali vergul) kabi tinish belgilari ishlatiladi. 1. Qo’shma gap qismlari bir paytda yoki ketma-ket sodir bo’ladigan voqea-hodisalarni ifodalasa, ular orasiga vergul qo’yiladi. (Yigitlar daraxtlarning ostini yumshatdilar, qizlar maktab hovlisini supurdilar) 2. Qo’shma gap qismlari orasida o’xshatish, zidlash, shart kabi munosabatlar ifodalanganda, ular orasiga tire qo’yiladi (Hamal keldi - amal keldi). 3. Qo’shma gap qismlari orasida izohlash munosabati ifodalanganda, ular orasiga ikki nuqta qo’yiladi (Bizning qarorimiz shu: hasharda barchamiz faol ishtirok etamiz). 4. Qo’shma gap qismlari mazmunan unchalik yaqin bo’lmagan yoki ketma-ket sodir bo’ladigan voqealarni bildirgan va bir necha tinish belgilari qo’llangan hollarda nuqtali vergul ishlatiladi (Xadicha xola bolalik chog’idagi singari uning beliga non tugib berdi, peshonasidan o’pdi, duo qildi; irim qilib o’zi kuzatgani chiqmadi). (Abdulla Qahhor)


154-mashq. Ko’chiring. Qo’shma gap qismlari o’zaro qanday bog’langaniga va ular qanday tinish belgisi bilan ajratib yozilayotganiga e’tibor bering.
1. Avval ular bizga yetib olishsin, keyin birga jo'naymiz. (X. To’xtaboyev) 2. Yuragida qanday dard bor-mana bu menga sir. (Oybek) 3. Kuz keldi, yig’im-terim ishlari boshlandi. (Qamchibek Kenja) 4. To’rt mashina o’g’it yubordik — fermerlarga vaqtida taqsimlansin. 5. Yog’ib yubordi-da yomg’ir, nihoyat, osmon dil qulfini zaminga sochdi. (T.Sodiqova) 6. Yulduzlarni xayolida har xil rangga bo'yab ko'rdi – yulduzlar o'z rangida xira miltillab turaverdi.(Asqad Muxtor) 7. Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo'lgandir: tun yarmidan og'ganda birdan uyg'onib ketasiz. (O'. Hoshimov)


157-mashq. Ko’chiring. Qo’shma gapni qismlarga ajrating. Qismlari o’rtasiga vergul qo’yilish sababini ayting.
1. Yaxshi o’g’il — el obro’si, yaxshi qiz — uy obro’si. (Maqol) 2. Bulbul sayrar, chumchuq chirqirar, Xabar berar asl zotidan. (Hamid Olimjon) 3. Sidiqjon to’xtadi, orqasidan kimdir kelayotgan edi. (Abdulla Qahhor) 4. Sabr bilan bog’liq ish ochilur, Ishda oshiqqan ko’p toyilur. (Alisher Navoiy) 5. Hamma ishlaringizda to'g'ri bo'ling, odamlarga muomalada xulqingiz chiroyli bo'lsin. (Hadis) 6. Birdan tush kabi uzuq-yuluq xotiralar yopiriladi, yuragim gursullagancha o'rnimdan turib ketaman. (O'. Hoshimov)

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin