Ona tili darslarida ta'limiy o`yinlarni qo`llash



Yüklə 42,48 Kb.
səhifə4/4
tarix22.09.2023
ölçüsü42,48 Kb.
#147035
1   2   3   4
Ona tili darslarida ta\'limiy o`yinlarni qo`llash

ROLLI O‘VIN - dramma yoki “qoyilmaqom qilib o‘xshatish". Rollar o‘quvchilarga aynan mo'ljallanganligini va ularga "go‘yoki chinakamiga" harakatlanish imkonini beradi.
SO‘ROVNOMALAR O‘TKAZISh - bilimlarni tekshirish va o‘qitish jarayonini baholash uchun foydalaniladi.
BOShQARILAYoTGAN XAYoLOTLAR – o‘qituvchi tayyorlab qo‘ygan
fantaziyasini o‘qiydi yoki guruhning o‘zi shunday bir hayoliy holatni rivojlantiradi.
IJODIY MEHNAT - rasm chizish, andozalash, qo'shiq, tarixlar, chizgilar yozish va o‘yinlar o‘ylab topishni mujassam etadi.
"AKVARIUM" mashqi - bu guruh ichida guruh tarzida tashkil etiladi, ya’ni sinf ikki guruhga birlashtiriladi davraga bir guruh vakillari taklif etilib, berilgan savollarga javoblarini aytadilar. Ikkinchi guruh esa, birinchi guruh a'zolarining ma'lumotlarini eshitadilar. Ular yakunlagach, yuqoridagi savol bo‘yicha qolgan joylarini to‘ldiradilar. Ikkala guruh bir - birlarining taqdimotlarini nazorat qilishlari so‘raladi.
O‘YINLAR VA BARDAMLAShTIRUVChI MAShQLAR - bir xillikni yangilashtirish, kuch-quvvatni oshirish va ishni davom ettirish ishtiyoqini kuchaytirish uchun foydalidir. Bunda turli harakatli o‘yinlar o‘tkazish lozim. Bu turdagi mashqlar dam olish daqiqasi sifatida ham talqin etiladi.
KLASTER - (lot."g‘uncha", "bog‘lab") axborotlarni yoyish usuli bo‘lib, undan foydalanish o‘quvchilarning mavzuni tushunishlari uchun erkin, ochiq fikr yuritishlariga katta imkoniyat beradi.
ESLATMA: Har bir taqdimotdan so‘ng o‘quvchilarga ko‘tarinkilik ruhini berish uchun olqishlar bilan rag‘batlantirib borish zarur. Guruhlarga birlashtirayotganda, albatta, mavzu yoki davrdan kelib chiqib nomlar berish ham maqsadga muvofiq. Ya'ni, gullar, o‘simlik, o‘yinchoq, tarixiy shaxslar nomlari bilan nomlash tavsiya etiladi.
Demak, yuqoridagi berilgan interfaol metodlar kabi tajribalarga asoslangan ta'lim usullari orqali o‘quvchilarda faollik va dars samaradorligining oshishi ta'minlanadi. O‘qituvchi ish faoliyatida mustaqil ravishda mavzuga mosini tanlash va qo‘llash imkoniga ega. Quyida berilgan metodlarning ba’zilaridan boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish darslarida qanday foydalanish mumkinligi misollarda berilgan.
Ma’lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. Ammo biz yashayotgan bugungi kunda haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasining Davlat ta’lim standartlarida barcha umumta’lim fanlarining o‘qitilishini tubdan yaxshilash ko‘zda tutilgan. Ta’lim-tarbiya muassasalarining asosiy bo‘g‘ini hisoblangan umumta’lim maktablarida ona tili o‘qitilishini tubdan yaxshilashni, ta’limning eng samarali metod, vosita va usullarini qo‘llashni, muhumi o‘quvchini ta’lim jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirishni talab etadi.[1]
O‘quvchi o‘qish ko‘nikmalarini egallash bilan bir qatorda, birinchi navbatda, o‘zining ona tilini o’rganishi zarur, chunki , aql idrokning kalitidir. K.D.Ushinskiy boshlang‘ich maktab o‘quv predmetlari tizimida ona tiliga katta ahamiyat berib, uni markaziy va yetakchi predmet hisoblagan:’’Ajoyib o‘qituvchi bo‘lgan ona tili bolaga ko‘p narsani o‘rgatadi…Bola ikki-uch yil ichida shuncha ko‘p narsa bilib oladiki, 20 yil qunt bilan metodik jihatdan juda to‘g‘ri o‘qiganda ham uning yarmicha o‘rgana olmaydi. Ona tilining ulug‘ pedagogligi ham ana shundadir’’,…[2]-deydi u. Shuning uchun ham boshlang‘ich sinflarda ona tilini o‘rganishga katta ahamiyat beriladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ona tili darslarida ongli va savodli yozishga o‘rganadilar, og‘zaki va yozma nutqning qonun qoidalarini egallaydilar. O‘qituvchi imloviy malakaning psixologik tabiatidan kelib chiqib, kichik yoshdagi o‘quvchilarda imloga oid malakani shakllantirish ustida ishlash metodikasini belgilaydi. Imloviy malaka maxsus nutq malakasidir. To‘g‘ri yozuv – maxsus nutq faoliyati; yozuv ham murakkab harakat bo‘lib, uning asosida nutq yotadi. Imloviy malaka nutq faoliyatining komponenti sifatida gapni sintaktik jihatdan to‘g‘ri tuzish, so‘zni uslubiy aniq qo‘llashni ham o‘z ichiga oladi. Imloviy malaka murakkab malaka bo‘lib, uzoq davom etadigan mashqlar jarayonida yaratiladi va so‘zni fonetik tomondan tahlil qilish, uning morfemik tarkibini aniqlash ko‘nikmasi kabilarga asoslanadi. Psixologiya malakani avtomatik harakat, ya’ni mashqlar natijasida asta-sekin avtomatlashgan ongli harakat deb belgilaydi. To‘g‘ri yozuv malakasining shakllanishi uchun o‘quvchidan fikrlash faoliyati talab etiladi. Shunday qilib, orfografiyani o‘rgatishda, grammatikani o‘rgatish kabi, o‘quvchilarning analitik-sintetik faoliyatini asta takomillashtira borish talab etiladi. Imlo qoidasi ustida ishlash metodikasi.
Yüklə 42,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin