QO‘ShIB, SO‘ZLAR HOSIL QILING” o yini
Bir bo‘g‘inli so‘z berilib, unga bir harf qo‘shish orqali o‘quvchilar yangi so‘z hosil qilishlari kerak.
Masalan:
Far: farq, fard. farz
Dar: dard, dars, darz ...kabi.
“BERILGAN SO‘ZLARDAGI HARFLARNI KO‘RSATILGAN
RAQAMLAR TARTIBI BILAN” o yini
Berilgan so‘zning har bir harfi ketma-ketlikda (1,2,3,4...) raqamlanadi. O‘quvchi yangi so‘z hosil qilish uchun o‘qituvchi ko‘rsatmasi asosida berilgan raqamlar tartibini inobatga olib, yangi so‘zlar hosil qilishlari lozim.
1 2345 -ChUQUR
2 13 4 5 - UChQUR
3 4512 –QARICh
HAR BIR HARFDAN SO‘NG HARF QO‘ShIB,
VANGI SO‘ZLAR HOSIL QILING o‘yini
O‘quvchilarga avvalo bir harf beriladi, ular har bir harfga faqat bir harf qo‘shib yangi so‘z yaratishlari kerak.
O-OL- OLA- OLAM
O‘ -O‘Q – O‘QI O‘QISh
O‘ -O‘Q – O‘QI-O‘QIB...
KEYINGI MOS HARFLARNI QO‘YIB YaNGI SO‘ZLAR
HOSIL QILISh o yini
Berilgan so‘zlarni, oxiridagi harfni o‘zgartirish orqali o‘quvchilar yangi so‘zlar hosil qiladilar va kim ko‘p so‘z tuzsa, ana o‘sha o‘quvchi g‘olib bo‘ladi.
Masalan:
KIYIN - KIYISh, KIYIK, Kl YIM, KIYIB kabi.
SO‘ZLARDAGI BIROR HARF(TOVUSh)NI ShUNDAY
O‘ZGARTIRINGKI, QOFIYaSI MOS SO‘ZLAR HOSIL BO‘LSIN o’yini
0’qituvchi so‘zlar aytadi va o‘quvchilar so‘zdagi biror tovushni o‘zgartirib unga mos qofiyadosh so‘zlar topadilar.
Masalan:
PILLA - T1LLA,
PAXTA – TAXTA,
PUL – GUL,
POL – MOL,
PARTA-MARTA....kabi
O‘quvchilarining o‘qish malakasini rivojlantirish va nutq o‘stirishda ilg‘or usullardan foydalanish
O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga yo‘naltiruvchi mantiqiy metodlar, interfaol usullarda o‘z aksini topadi. Dars berish usullari ta'lim beruvchining faoliyatini tashkiIlashtirish vositasidir. Ta’limga muhokama va rivojlantiruvchi xarakter beruvchi, ta’lim oluvchilarni mahsuldor faoliyatini ta’minlovchi dars berish va o‘qitish usullari interfaol usullar deyiladi. Ana shunday interfaol metod va texnologiyalardan namunalar keltiramiz:
Taqdimot va muzyorarlar bu mashg'ulotni boshlash uchun mo‘ljallangan qisqa mashqlardir. Ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi o‘rtasidagi «to‘siq»ni yoqotishga qaratilgan usul. Bu metod asosida guruh o‘quvchilari orasidagi o‘zaro ishonch, hurmat, o‘zaro yaqinlikni his etishga o‘rgatish yotadi.
Aqliy hujum yoki aqliy hamla - bu metod asosida chegaralangan vaqt ichida aqlning tezkor harakati orqali o‘ziga xos muammo, vazifa xususida barcha o‘quvchilarning imkon qadar ko‘proq g‘oyalarni yaratishi yotadi, ya'ni topshiriq barcha uchun yakka holda bajarilib, fikrlar umumlashtirilib bittasi ustida to'xtaladi.
Debat bu usulning maqsadi o‘zaro baxs-munozara asosida mukammal yechim variantlarini yuzaga chiqarishdir.
GAPLARNI OXIRIGA YeTKAZISh - bu mashqda o‘quvchi o‘z g‘oyalarini ifodalash ustida ishlash, keyinchalik esa uni boshqalar bilan muhokama qilish imkonini beradi. Bunda bir jumla yoki so‘z berilib, uni mantiqan oxiriga yetkazish so‘raladi, o‘quvchi esa shu jumlalarga mos so‘z tuzadi.
DAVRA SUHBATI - ta'lim oluvchilar davra stolida o‘tirib, bir- birlarining savollariga konvert orqali javob yozadilar yoki suhbatni olib boruvchi boshlovchi orqali savol-javobga kirishadilar.
GURUHDAGI MUNOZARALAR - qoida tariqasida boshqa texnika turlari bilan aralash qo‘llaniladigan hammaga ma’lum usulidir.
a) KATTA GURUHDA MUHOKAMA - bunda butun guruh muayyan mavzuga doir bo‘lgan g‘oyalar yoki hodisalarni muhokama qilinadi. Muhokama rejalashtirilgan yoki uyushtirilgan mavzular atrofida o‘tkaziladi.
b) KICHIK GURUHLARDA MUHOKAAM- mazkur o‘quv tadbirida ixtiyoriy holatda masalani ko‘tarish, muammoni muhokama qilish, hal etish, ko‘tarilgan muammolar yechimini topish va g‘oyalarni baholash uchun yig‘ilgan to‘rt-olti kishi ishtirok etadigan davra.
Dostları ilə paylaş: |