-lar qo`shimchasini uslubiy ma`nolari: Mavhum otlarga – lar qo`shimchasi qo`shilsa, ma`no kuchaytiriladi: sevinchlarim, qayg`ularim. Donalab sanalmaydigan otlarga – qo`shilganda xil,nav,turma`nolarini anglatadi: unlar, suvlar, yog`lar. Tabiyatdagi yakka jismlarga qo`shilgandama`no kuchaytiriladi: Oylar yuziga parda tortadi.
Ism asoslarga qo`shilib, ularni boshqa so`zlarga bog`lab keladi va gap bo`laklarini shakllantirishga xizmat qiladi.Ismlarning munosabat shakllariga egalik,kelishik qo`shimchalari va ismlarni kesimlikka xoslovchi shakllar – man, - san, -dir qo`shimchalari, bo`lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq kesimlik bog`lamalari kiradi.
Egalik qo`shimchalari – ismlarga qo`shilib asos qismida ifodalangan narsaning belgisini, xususiyatini, harakat-holatini uch shaxsdan biriga qarashliligini bildirgan qo`shimchalardir.
birlik ko`plik I onam borishim onamiz borishimiz II onang borishing onangiz borishingiz III onasi borishi ona(lar)i borish(lar)i Kelishik shakllari. Ismlarni boshqa so`zlarga tobelantirib bog`lash uchun xizmat qiluvchi qo`shimchalar kelishik shakllari sanaladi. Kelishik shakllari doim tobe so`zga qo`shiladi. O`zbek tilida oltita kelishik shakli mavjud.