Оnа tili dаslаridа аqli zаif o’quvchilаrning оbrаzli tаfаkkurini rivоjlаntirish yo’llаri



Yüklə 396 Kb.
səhifə13/16
tarix15.11.2022
ölçüsü396 Kb.
#69204
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
ona tili daslarida aqli zaif oquvchilarning obrazli tafakkurini rivojlantirish yollari

III-bob yuzasidan xulosa
Ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish ishlarini takomillashtirish muammosi nixoyatda dolzarb. Ushbu muammo ilmiy va metodik jixatdan davr talablaridan kelib chiqqan holda o’rganilishi maqsadga muvofiq.
Ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirishdagi muammolarni bartaraf etish yo’llaridan ayrimlarini belgilab olishga imkon yaratildi, aqli zaif bolalar uchun mo’ljallangan ixtisoslashtirilgan maktabda ona tili daslarida o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish bo’yicha ayrim metodik tavsiyalar ishlab chiqildi.
Tafakkur – atrof-muhitdagi ob’ektlar va hodisalarning xossalarini bavosita ruhiy aks ettiruvchi bilish jarayonidir. Tafakkurning quyidagi xossalari: tezligi, moslanuvchanligi, chuqurligi, mustaqilligi, umumlashganligi, tanqidiyligi va boshqalar ajratib ko’rsatiladi Psixologiyada tafakkurning muvaffaqiyatli bo’lishi operatsiyalarning yuqori darajada shakllanganligiga, bilishga rag’bat uyg’otadigan motivlarga hamda maqsadga yo’naltirilgan aqliy hatti-harakatlarni yuzaga keltirish, ularni nazoratga olish va maqsadga muvofiq natijalarni baholash ko’nikmasining mavjud bo’lishiga bog’liq bo’lgan faoliyat sifatida qarab chiqiladi.
Tafakkur tahlil qilish, sintez qilish, taqqoslash, umumlashtirish, mavhumlashtirish kabi shakllarda namoyon bo’lib, ular yaqqol-harakatli, yaqqol-obrazli va og’zaki-mantiqiy tafakkur darajalarida amalga oshishi mumkin. Aqliy faoliyatning buzilishi birinchi navbatda tafakkur, xususan, tahlil qilish, sintez qilish, taqqoslash, mavhumlashtirish va umumlashtirish operatsiyalarining norasoligida namoyon bo’ladi .
Tahlil qilish – tafakkur operatsiyasi bo’lib, bilish ob’ektining asosiy belgilari va xossalarini ajratib ko’rsatishni o’z ichiga oladi. Tahlil qilish sintez, ya’ni bilish ob’ektning turli unsurlari va xossalarini bir butunga birlashtirish jarayoni bilan mustahkam bog’langan bo’ladi.
Aqli zaif bolalarda tahlil qilish operatsiyasi kambag’alligi bilan tavsiflanadi. Bunda aqli zaif bolalar eng avvalo narsalarning ko’zga yaqqol tashlanadigan xossalariga e’tiborini qaratadi. Ular tomonidan funktsional xossalar kamdan-kam ajratilib ko’rsatiladi. Ularning tahlilida izchillik va batartiblik yo’q: ayrim belgilar bir necha marta ko’rsatilsa, boshqalariga umuman e’tibor berilmaydi; muhim belgilar ikkinchi darajalilar bilan birgalikda ajratib ko’rsatiladi.
Aqli zaif bolalar tahlil qilish mezonlarini, shuningdek narsalarning ayrim belgilarini so’z bilan ifodalab berolmaydilar. Sifatsiz tahlil asosidagi sintez qilish ham yetarlicha asosli bo’lmaydi. Bolada ajratilgan belgilarni bir butunga birlashtirishda narsa haqida noto’liq, noaniq va xato tasavvurlar paydo bo’ladi. Sintez qilish narsalarning barcha belgilari va xossalarini to’liq hisobga olishdan tashqari ularning to’g’ri birligini ham talab qiladi. Narsalar xossalarining tarkibiy qismlari va ular o’rtasidagi munosabatning o’zaro joylashish tartibini aks ettirish zaruriyati yordamchi maktab o’quvchilari uchun sintez jarayonini yanada murakkablashtiradi.
Aqli zaif bolalarda o’qishining dastlabki yillarida tahlil va sintez qilish operatsiyalarining yetarli emasligi yaqqol namoyon bo’ladi. O’quvchilar harf, so’z va gaplarning elementlarini mustaqil ravishda ajratib va birlashtira olmaydilar, topshiriq shartlarini tahlil qila olmaydilar, narsa yoki uning tasvirini tavsiflab berolmaydilar.
Yordamchi maktablarda maxsus tashkil etilgan pedagogik ishlar tufayli tahlil va sintezda ko’zda tashlangan kamchiliklar korrektsiyalanadi. Tahlil boyitilib, tizimli tavsifga ega bo’ladi, chalkashliklarga ham barham beriladi; o’z navbatida sintez ham aniqlik kasb etadi.
Tahlil asosida taqqoslashda – narsa va hodisalarni umumiy va o’ziga xos belgilariga ko’ra ajratish operatsiyasi rivojlanadi. Bu operatsiya aqli zaif bolalarda katta qiyinchiliklar bilan amalga oshadi.
Ular juda kam miqdordagi tafovutlarni ajratib ko’rsata oladilar, taqqoslash mezonlaridan foydalana olmaydilar, narsalarni muvofiq bo’lmagan belgilari bilan taqqoslaydilar, ikki narsa taqqoslansa, ularning bittasi yoki ayrim qismlari tahlil etiladi.
Bolalar o’xshash narsalar o’rtasidagi, masalan, soat bilan kompas o’rtasidagi farqni ilg’amaydilar, bir-biridan farq qiladigan ob’ektlar o’rtasidagi umumiylikni topa olmaydilar. Ular faqat tashqi tuzilishida juda yaqin o’xshashligi bo’lmagan har xil jinsli narsalardagi farqlarni ilg’ab oladilar, xolos. Aqli zaif bolalarning tahlili kabi ularning taqqoslashi ham chalkash bo’ladi.
Bolalar o’xshash narsalar o’rtasidagi farqlarni solishtirib bo’lmaydigan hususiyatlar bilan taqqoslaydilar. Masalan, bu ot katta, bunisi esa qora. Birinchi holatda, otning kattaligi, ikkinchi holatda esa otning rangi taqqoslanadi. Ayrim hollarda o’quvchilar o’ziga berilgan topshiriqni birmuncha oson, yengil vazifalar bilan almashtiradi yoki ob’ektlarni solishtirish o’rniga ulardan birini tahlil qila boshlaydi yoxud solishtirishni boshlab, o’z harakatlarini nazorat etolmaydi. Ularda taqqoslash ko’nikmasi asosan 4-sinfda shakllana boshlaydi.
Yordamchi maktablarning boshlang’ich sinflarida taqqoslash operatsiyasini korrektsiyalashga alohida e’tibor qaratiladiki, umumlashtirish va mavhumlashtirish jarayonlarining shakllanish imkoniyatlari aynan unga bog’liq bo’ladi.
Mavhumlashtirish – tafakkur operatsiyasi bo’lib, ob’ektlar yoki hodisalarning alohida, ikkinchi darajali, muhim bo’lmagan belgilaridan uzoqlashish va eng muhim belgilarini aniqlashda namoyon bo’ladi. Mavhumlashtirish asosida umumlashtirish - ob’ektlar yoki hodisalarning o’xshash hamda muhim belgi va xususiyatlarini, bog’lanishlarini fikran muayyan tushunchaga birlashtirish operatsiyasi amalga oshiriladi.
Tafakkur operatsiyalari ichida aqli zaif o’quvchilar asosan mavhumlashtirish va umumlashtirish jarayonida ko’p qiynaladi.
Aqli zaif bolalarda barcha usullardagi umumlashtirishlar yuz berib turadi. Bu bolalarning yoshiga, tajribasiga, ulardagi aql buzilishining ifodalanishiga bog’liq bo’ladi. Bola o’ziga tanish materiallarni tushuncha darajasida umumlashtirishi mumkin.
Agar ularga kam tanish bo’lgan narsalar ustida operatsiya o’tkazish taklif etilsa, umumlashtirish darajasi past bo’lishi mumkin. Aqli zaif bolalar uchun tanish materiallarni o’zgacha mezonlar bo’yicha tasniflash eng qiyin vaziyat hisoblanadi. Noto’g’ri umumlashtirish ajratib ko’rsatilgan belgidan uning ahamiyatini oshirib, noo’rin foydalanish hisobiga kelib chiqadi. Buning oqibatida ob’ektlar guruhlari, bir tomondan, ortiqcha kengaytiriladi va unga o’xshash boshqa narsalar jalb etiladi, ikkinchi tomondan, guruhlar tarkibiga bir jinsli ob’ektlar kiritilmasa, toraytiriladi.
Mavhumlashtirish va umumlashtirishning past darajalari o’quv materialini o’zlashtirmaslik, tafakkurning aniq emasligi, mavhum so’zlardan foydala olmaslik kabi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shu sababli korrektsiyalash ishlarida tafakkur operatsiyalarini rivojlantirishga ko’p kuch sarf etiladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, psixologiyada tafakkurning uchta turi farqlanadi va ular ayni paytda tafakkurning rivojlanish darajalari hisoblanadi. Oldin yaqqol-harakatli tafakkur – amaliy faoliyatda narsa va hodisalarning xossalari va ular o’rtasidagi bog’lanishlarni aniqlash qobiliyati, keyin u bilan birgalikda yaqqol-obrazli tafakkur – narsalar ishtirokidagi operatsiyalar va oxirida - og’zaki-mantiqiy tafakkur – tushunchalar bilan operatsiyalar paydo bo’ladi.
Aqli zaiflikda tafakkurning barcha turlari - yaqqol-harakatli, yaqqol-obrazli va og’zaki-mantiqiy tafakkur nisbatan yaxshi rivojlanmagan bo’ladi. Ular muammoli vaziyatlarni amaliy hatti-harakat darajasida hal etishi mumkin. Biroq ular me’yorida ruhiy-jismoniy rivojlanayotgan bolalardan farq qilib, vaziyatni yaxlit idrok etgani holda undagi muhim belgilarni ajrata olmaydi, o’z faoliyatining natijalarini to’liq anglamaydi, o’zlashtirilgan usullarni o’xshash vaziyatga mustaqil ko’chira olmaydi. Ya’ni, aqli zaif bola amaliy topshiriqni yechish jarayonida undan mustaqil xulosa chiqara olmaydi va ega bo’lgan, orttirgan tajribasini o’zining shaxsiy mulkiga aylantira olmaydi.
Demak, amaliy hatti-harakatlar o’z-o’zidan aqli zaif bolalar uchun bilish ta’siriga ega emas, ular qo’yilgan topshiriqlar bilan bajarilgan hatti-harakatlar o’rtasidagi umumiylikni ko’ra olmaydilar.
Biroq har bir hatti-harakatni bajarganidan keyin aqli zaif bolalar shaxsiy amaliy tajribasi asosida tahlil va taqqoslashni amalga oshirishga erisha oladilar. Demak, aqli zaif bolalar bilishining bosh sharti -narsalar bilan amaliy hatti-harakatlar bajarishidir.
Aqli zaif o’quvchilarda ko’rgazmali-obrazli tafakkur kuchining past bo’lish sabablaridan biri ularda atrof-muhitdagi narsa va hodisalar haqidagi tasavvurlarning noaniqligi, kambag’alligi va sustligi hisoblanadi. Aqli zaif bolalar narsaning obrazi bilan fikran sifatli ish ko’ra olmaydi. Bu ularning narsa tasvirini uning ayrim qismlarini yig’ib hosil qilishda, og’zaki ta’rifi orqali narsani bilishda, mavzuiy rasmlar, hikoyalar mazmunini tushunishda yaqqol ko’zga tashlanadi.
Aqli zaif o’quvchilarning bir necha bo’lakka bo’lingan (qirqilgan) rasmni qayta buklab-taxlab yig’ish xususiyatining tahlili bir necha hatti-harakat usullarini ajratib ko’rsatish imkonini beradi Tahlillar shuni ko’rsatdiki, aqli zaif o’quvchilarning zahirasida aqliy hatti-harakatlarni bajarishning barcha usullari mavjud bo’ladi. Ish jarayonida ularning qaysi biri afzal ekanligi topshiriqlarning murakkablik darajasiga bog’liq bo’ladi. Oldindan tanish bo’lgan topshiriqlar o’zaro nisbatli ko’rish yordamida, yangi murakkab topshiriqlar ko’rish va xatolik metodini qo’llab ko’rish bilan bajariladi.
Ko’pgina olimlarning ta’kidlashicha, aqli zaif bolalar rasmlardagi tasvirni tushuntirishda mavzuni tahlil etmaydi, balki tasvirlangan narsalar va ularning ayrim qismlariga e’tiborini qaratadi, rasm mazmunini ochib bermaydi. Demak, rasmda tasvirlangan ayrim qismlar aqli noraso o’quvchi uchun – ob’ekt, me’yorda rivojlangan o’quvchi uchun – mulohaza ob’ekti hisoblanadi. Me’yorda rivojlangan bolalarda ko’rgazmali-obrazli tafakkur maktabgacha ta’lim yoshida shakllansa, aqli zaif o’quvchilarda maxsus ta’lim orqali boshlang’ich sinflarda shakllantiriladi. Faqat maxsus ta’lim orqali uning eng sodda shakllarini tarkib toptirish mumkin.
Umumlashtirish va mavhumlashtirish operatsiyalarining yetarli emasligidan aqli zaif o’quvchilarda tushunchalar to’liq shakllanmaydi. Aqli zaif o’quvchilar tizimli bog’lanishlarni aniq o’rnata olmaydi, mavzuiy rasmlar, maqollar va hikoyalarning yopiq ma’nosini tushunishmaydi.
Shunday qilib, o’quvchilarning tabiiy hodisalardagi sababiy bog’liqlikni ochishining muhim shartlaridan biri ularda mazkur hodisalar haqidagi bilimlarning mavjudligi va bu bilimlarni berilgan topshiriqqa muvofiq tabaqalashgan holda qayta tasavvur qilishi hisoblanadi.
Ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish yo’llari samaradorligi oshadi agarda:
- ona tili darslarida o’quvchilarning aqliy rivojlanish saviyasi, psixologik xususiyatlari, obrazli tafakkuri, o’quv predmetiga bo’lgan munosabati hisobga olinsa;
-ona tili darslarida jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar (halqni iqtisodiy ta’minoti, texnika, shu jumladan maishiy xizmat texnikasini rivojlanishi hamda kundalik xayotimizda mustaxkam o’rin egallashi) hisobga olinsa:
-dars jarayonida xududiy (qishloq, shaxar) xususiyatlar hisobga olinsa;
-ishlatilayotgan DTSlari, o’quv dasturlarida yuqoridagi xususiyatlar yetarli darajada o’z ifodasini topsa,
-ona tili darslari o’qituvchilari o’quv-metodik adabiyotlar bilan ta’minlansa;
-ona tili darslarida qo’llanilayotgan Davlat ta’lim standartlari va o’quv dastur va darsliklari bugungi va ertangi kun talabiga mazmun hamda metodik jixatdan javob bersa.
Dissertatsiyadagi ma’lumotlar yordamchi maktabda faoliyat yurituvchi barcha mutaxassislar va ayniqsa ona tili darslari o’qituvchilari, pedagogika oliy o’quv yurti defektologiya yo’nalishi mutaxassislik kafedralari professor-o’qituvchilari, talabalari tomonidan ishlatilishi mumkin.

Yüklə 396 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin