Оnа tili dаslаridа аqli zаif o’quvchilаrning оbrаzli tаfаkkurini rivоjlаntirish yo’llаri



Yüklə 396 Kb.
səhifə10/16
tarix15.11.2022
ölçüsü396 Kb.
#69204
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
ona tili daslarida aqli zaif oquvchilarning obrazli tafakkurini rivojlantirish yollari

II-bob yuzasidan xulosa
Ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan ishlarning xolatini o’rganish maqsadida aqli zaif o’quvchilar bilan o’qish darslarida o’tkazilgan ta’kidlovchi eksperimentda dastur talablaridan kelib chiqqan holda turli hajm va mazmundagi matnlar, syujetli va predmetli rasmlar ishlatildi. Matn yuzasidan o’quvchilar ko’rgazmali-obrazli tafakkurini rivojlantiruvchi savol va topshiriqlar ishlatildi.
Aqli zaif bolalar uchun mo’ljallangan ixtisoslashtirilgan maktab o’qituvchilari bolalar tafakkuri va tasavvurini faollashtirish uchun turli usullardan foydalanishlari lozim. O’quvchilarda badiiy adabiyotni mustaqil o’qishga qiziqishini shakllantirish orqali ularda ijodiy tasavvur tarbiyalanadi. O’quvchilarga o’qilgan matn bo’yicha rasm chizdirish ham yaxshi samara beradi.
“So’zli chizish” ya’ni o’quvchi o’qilgan asardagi ayrim xodisa yoki qaxramonlarni ta’riflab, so’zlashuv nutqida bayon etishlari ham samarali usul hisoblanadi. O’qilgan asarni rollarga bo’lib sahnalashtirish ko’rgazmali-obrazli tafakkurni, ijodiy tasavvurni shakllantiradi. O’rta va yuqori sinflarda ko’rgazmali obrazli tafakkurni shakllantirishda o’qilgan asar asosida insho yozish muhim o’ringa ega (masalan: 15-20 yildan so’ng bizning maktab qanday bo’ladi?) Insho yozilgach, shu asosida rasm chizdirish ham mumkin. Bu yo’nalishdagi barcha ishlar aqli zaif bolalarning ko’rgazmali –obrazli tafakkurini, bilish faoliyatini korrektsiya qilishga qaratilgan bo’ladi.
III-BOB. ONA TILI DASLARIDA AQLI ZAIF O’QUVCHILAR OBRAZLI TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISH ISHLARINI TAKOMILLASHTIRISH


1. Ona tili daslarida aqli zaif o’quvchilar obrazli tafakkurini rivojlantirishning ilmiy-metodik muammolari
Xayol – mavjud tasavvurlar asosida yangi obrazlarning yaratilishidan iborat psixik aks ettirish jarayonlaridan biri. U ihtiyorsiz va ihtiyoriy, ijodiy xayol turlariga ajaratiladi»8. «Xayol yoki fantaziya, tafakkur kabi, yuksak bilish jarayonlari qatoriga kirib, kishining o’ziga xos ijobiy harakatlariga ega bo’lgan faoliyatlarida namoyon bo’ladi. Mehnatning tayyor natijasini xayolga keltirmay turib, ishga kirishib bo’lmaydi. Fantaziya yordamida kutilayotgan natijani tasavvur qilish inson mehnatining hayvonlar instinktiv faoliyatidan tub farqidir»9 - deb ta’kidlangan psixologiya darsliklarida. Xayolning psixik jarayon sifatida birinchi va muhim vazifasi shundan iboratki, u mehnatni boshlashdan oldin uning natijasini tasavvur qilish imkonini beradi. Xayol faol va passiv bo’lishi mumkin. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz tarzda amalga oshishi, yuzaga kelishi mumkin. Qayta tiklovchi, ijodiy xayollar ham bor. Xayolni yuksak, xohlagan turi – orzudir.
Inson shaxsining qiymati ko’p jihatdan undagi xayolning qaysi turi ustunligiga bog’liqdir. Agar o’smiralar va yoshlarda konkret faoliyatlarda amalga oshiriladigan ijodiy xayollari passiv, quruq xayolparastlikdan ustunlik qilsa, bu shaxsning taraqqiyot darajasi yuksakroq ekanligidan darak beradi. Juda to’g’ri berilgan ma’lumot. Afsuski, ko’pchilik buning mohiyatiga ko’p ham yetib boravermaydi. Defektologik lug’atda va boshqa psixologik adabiyotlarda «Xayol – mavjud tasavvur asosida, yordamida yangi obrazlar yaratish jarayonlaridir» - deb e’tirof etiladi»10.
Bu lug’atda sohaga oid bir muncha qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Xayolning normal darajada taraqqiyoti, rivojlanishi uchun sezgi a’zolarining bekami-ko’stligi, aniq, ravshan tasavvurlar bo’lishi hamda ma’lum darajada tafakkur bo’lmog’i talab etiladi.
Nuqsonli bolalarda hayol, ayniqsa, yosh bolalarda o’ziga xos xususiyat, ko’rinishga ega. Aqli zaif bolalardagi hayolning o’ziga xosligi ulardagi og’zaki nutq va mantiqiy tafakkurining kechikib shakllanishi bilan uzviy bog’liq. Ko’rish tasavvurlari har doim ham kerakli darajada taxlil etilmaydi. Shu sabab ular tomonidan yangi predmetlar taxlili qiyosiy amalga oshadi. Demak, xar qanday nuqson: ko’rishdami, eshitishdami, aqliy rivojlanishdami, nutqdami baribir hayol, tasavvur, tafakkur jarayonlarining kechishiga, shakllanishiga, rivojiga o’z salbiy ta’sirini o’tkazmay qolmas ekan. Bu deyarli isbot, tushuntirish, talab etilmaydigan haqiqatdir. Lekin, bu psixik jarayonlarni qancha erta, muvaffaqiyatli rivojlantirib, korrektsiyalasak, o’quvchilarda hayol, tasavvur, tafakkur jarayonlari shunchalik tez va to’liq rivojlanishi mumkin. Bu jarayonning tafakkur bilan chambarchas bog’liqligini e’tiborga olsak, masalaning mohiyati yanada tezroq ravshanlashadi. Bu mavzuda albatta, O.I.Skoroxodovaning «Kak ya voprinimayu, predstavlyayu i ponimayu okrujayushiy mir» (M. 1972) kitobini tahlil etish darkor. Ayniqsa, kitobning ko’r, kar, aqli zaif kishi tomonidan «dunyoni», qanday tasavvur etish to’g’risidagi qismlar chuqur o’rganilmog’i darkor.
Hayol shaxsning intilishi, talablari bilan ham belgilanadi. Ko’rgan, eshitgan, bilgan narsalar obrazlari xotiramizda saqlanadi. Kerak vaqtda bularni tiklashimiz mumkin. Bu jarayon xotira obrazlari sifatida jonlanadi. Yoki, tasavvurlar shaklida ko’z oldimizga keladi. Xayol obrazlari tasavvur obrazlaridan o’ziga xos tomonlari bilan ajralib turadi. Tafakkur va xayol oralig’ida uzviy, mantiqiy birlik, bog’liqlik bor. Ammo, o’ziga xos farqlari ham mavjud. Ko’rgazmali-obrazli tafakkurni rivojlantirish usullarini to’g’ri belgilashda bularni ajrata olish darkor. Inson biror murakkab muammoni yechishi talab etilganda tafakkurga murojat etadi. Bunda natijalarga erishish yo’llari mavjud bo’lsa, tafakkur orqali bo’lsachi, unda biz tafakkurdan ko’ra xayol kuchiga tayanamiz. Xayolning rivojlanishi konkret ko’rgazma obrazlardan mavhum tushunchalar orqali yangi xayol obrazlari ijod qilish tarzida amalga oshib boriladi.
Qator psixologik tadqiqotlarda mavhum tafakkurning nutq rivoji bilan bog’liqligiga oid nazariyalar ilgari surilgan. Maxsus adabiyotlarda, xususan maxsus psixologiyada bola nutqiy rivojlanishi darajasi ular xayoli rivojlvnishi darajasi bilan bog’liqligi, ular orasidagi bog’liqlik, korrektsion masalalar juda kam yoritilgan. Aqli zaif bolalarda deyarli tadqiq etilmagan. Ma’lumki, nutq mavhum tafakkur rivojida alohida, muhim o’rin egallaydi. AS.Vigotskiy ma’lumotlariga ko’ra, nutqi zararlangan bolalarda xayol jarayonlari ham izdan chiqar ekan. Bu toifa bolalar ko’chma ma’nodagi so’zlarni ham qiyin, kamchiliklar bilan egallashlari suhbatda, ular xayollari ham me’yoriy shakllanishdan chetga chiqar ekan. Ixtiyorsiz xayolga ma’lumki, tush ko’rish va turli gallyutsinatsiyalar misol bo’la oladi. Ta’kidlab o’tish o’rinliki, me’yorda rivojlangan bolalar bilan aqli zaif bolalar chizgan suratlari orasida ham ma’lum farqlar mavjud. Ajablanarli joyi shundaki, tasvirlangan suratlardagi predmetlar soni jihatidan me’yorda rivojlangan bolalarga nisbatan aqli zaif bolalar orqada ekanlar. Ranglarni berishda aqli zaiflar orqada qolganlar. Aqli zaif bolalar suratlari sinflar yuqorilashgan sari me’yorda rivojlangan bolalar suratlariga yaqinlashib borar ekan.
“Haqiqiy to’laqonli sezgir bo’lmoq uchun jonli xayolga kirmoq zarur»11 - degan edi L.S.Vigotskiy. Aqli zaif bolalarda xayol orqali boshqalar ichki dunyosiga kirib borish me’yorda rivojlangan shaxslarga nisbatan birmuncha kech amalga oshib borar ekan. Bu ishlar matn ustida ishlash, badiiy asarlarni o’rganish orqali ham rivojlantirib borilishi mumkin ekan. Maxsus maktablarning o’qituvchi, tarbiyachilari bu borada turli-tuman ishlarni amalga oshirishlari mumkin. Mustaqil adabiyotlar o’qish orqali ham ma’lum natijalarga erishish mumkin ekan. Rolli o’yinlar o’ynash ham maqsadga muvofiq. Bu tadbirlar bolalarda xayol, ulardan keyin ko’rgazmali-obrazli tafakkur jarayonlarining o’sishga, shakllanishga samarali yordam beradi.



Yüklə 396 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin