Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar



Yüklə 181,83 Kb.
səhifə28/83
tarix20.04.2023
ölçüsü181,83 Kb.
#101000
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

67.Atamalar qo’llanishiga ko’ra qanday turkumlarga bo’linadi ?
A) umumxalq tilidan olingan atamalar va boshqa tillardan olingan atamalar
B) bir ma’noli atamalar va ko’p ma’noli atamalar
C) ilmiy atamalar va kasbiy atamalar
D) zamonaviy atamalar va tarixiy atamalar
68. Etnografiya qanday fan hisoblanadi ?
A) Qadimgi odamlar yashagan joylarda qazish ishlari olib borish natijasida yashash manzilgohlari va topilgan buyumlarni o’rganadigan fan
B) Xalqlarning kelib chiqishi, urf-odatlari, bayramlarini o’rganuvchi fan
C) Odamning qiyofasini suyak qoldiqlariga qarab o’rganuvchi fan
D) So’zlarning kelib chiqishi va o’zgarishini o’rganuvchi fan
69.Otlarning qaysi qo’shimchalari erkalash shakli hisoblanadi?
A) –cha, -choq B) –choq, -lar
C) –roq, -xon D) –gina, -oy
70.Toshpo’latjon keldilar.Ushbu gapdagi –lar qo’shimchasi qanday ma’noni ifodalashi mumkin? 1.sof ko’plikni 2. kesatishni 3.hazil-mazaxni 4.hurmatni
A) 1 B) 2, 3 C) 4 D) 2, 3, 4
71.Kelishik qo’shimchasi noto’g’ri qo’llangan gapni aniqlang.
A) Salima bilan Xorun podshohni buyrug’idan mamnun bo’lib, ketishga ruxsat so’radilar.
B) Xotin-qizlarga past nazar bilan qarayotgan rahbarlarni ayovsiz tanqid qilish zarur.
C) Biz sizlarni gazetaning sharhi bilan tanishtirdik.
D) SHahrimizning bir chetidan yer ajrataylik, o’sha yerga mevali ko’chatlar o’tqazaylik.
72.-lik qo’shimchasi qaysi turkumga oid so’zlardan ot yasay oladi?
1.ot 2.fe’l 3.sifat 4.ravish
A) 1, 2, 3 B) 1, 3, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 3
73.Egalik qo’shimchalari qanday ma’nolarni ifodalaydi? 1.qarashlilik 2.xoslik 3.butun bilan qism munosabati 4.payt va o’ringa taalluqlik.
A) 1, 3 B) 1, 2 C) 1, 2, 4
D) yuqoridagilarning barchasi
74. 1.Yangi uy qurib bitkazildi. 2.Bolali uy − bozor. Ushbu gaplardagi uy so’zi qanday so’roqlarga javob bo’ladi ?
A) har ikkovi gapda ham qayer ? so’rog’iga
B) har ikkovi gapda ham nima ? so’rog’iga
C) biriinchi gapda nima? ikkinchi gapda qayer? so’rog’iga
D) birinchi gapda qayer? , ikkinchi gapda nima? so’rog’iga
75.Mavhum otlarga qo’shilgan -lar, asosan , qanday ma’noni ifodalaydi ?
A) kuchaytirish B) ta’kidlash
C) sof ko’plik D) A , B 76. Berilganlarning qaysilari modda-ma’dan va xomashyo otlariga mansub?
1.temir 2.yog’och 3.mis 4.taxta 5.oltin 6.g’isht 7.kumush 8.tuproq
A) 1, 2, 3, 4- modda-ma’dan otlari, 5, 6, 7, 8- xomashyo otlari
B) 1, 3, 5, 7- modda-ma’dan otlari, 2, 4, 6, 8- xomashyo otlari
C) 2, 3- modda-ma’dan otlari, 1, 4, 5, 6, 7, 8- xomashyo otlari
D) 1, 3, 5, 7- xomashyo otlari, 2, 4, 6, 8- modda-ma’dan otlari
77.SHaxs oti yasovchi qo’shimchalarni belgilang
A) –k, -im, -don B) –ch, -iston, -liq
C) -vchi, -boz, -soz D) –iq, -ik, -q
78.Qaysi gapda kelishik qo’shimchalari noto’g’ri qo’llangan ?
A) Vatanni onaga, onani quyoshga o’xshatadilar.Farzandni gulga.
B) Yuzing visolig’a yetsin, desang, ko’ngillarni, sochingni boshdin oyoq chin ila shikan qilg’il
C) Men seni qutlayman shu ulug’ damda.Ulug’ yelkadoshim – muzaffar hayot.
D) Odamni hayoti hamisha bir daryodek bo’lishi kerak : uni sohilida hamisha yangidan yangi suv oqib turgani yaxshi.
79.Qaysi javobda otga xos bo’lgan sintaktik vazifa noto’g’ri ko’rsatilgan?
A) ot undalma vazifasida keladi
B) ot kesim vazifasida keladi
C) ot hol vazifasida kelmaydi
D) ot to’ldiruvchi vazifasida qo’llanadi
80.Quyidagi gaplarning qaysi birida tushum kelishigi o’rnida jo’nalish kelishigini qo’llash mumkin ?
A) Karvon dashtni kezib yurdi .
B) Men kitobni siz uchun oldim .
C) Mehmon choyni ho’pladi .
D) SHirin otni mindi.
81.Kelishik qo’shimchalarini uning biror sinonimik varianti bilan almashtirish mumkin bo’lgan gapni aniqlang .
A) SHunday chiroyli tanqidga quloq solmay bo’ladimi ?
B) Darhaqiqat, olam jamolini tomosha qilishdan ham go’zal narsa bormi ?
C) Qahramonning kelishi hammani quvontirdi D) Subhidam quyoshi ham dalaga shoshdi.

Yüklə 181,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin