Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar



Yüklə 181,83 Kb.
səhifə29/83
tarix20.04.2023
ölçüsü181,83 Kb.
#101000
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   83
Ona tili fanidan mavzulashtirilgan testlar

82.Qaysi qatordagi ko’plik ma’nosi leksik-morfologik usul bilan hosil bo’lgan ?
A) Biz bog’dan savat-savat olma terdik .
B) Nigora o’nta qalamidan uchtasini ukasiga berdi.
C) Musobaqada ancha bolalar qatnashdi.
D) Uning orzulari bisyor edi.
83.Qaysi gapdagi qaratqich kelishigi qo’shimchasini chiqish kelishigi qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin ?
A) Mening quloqlarim uzoqdagi gapni ham eshitadi .
B) Davrada o’tirganlarning biri muhokamani boshladi .
C) Haq ishning qaror topishiga ishonamiz .
D) Mexanik–haydovchilar mashinalardan unumli foydalanib, agregatning ish unumini oshirdilar .
84. Sifatdan yasalgan otlarni begilang .
1. odamgarchilik 2. namgarchilik
3. kosibchilik 4.bo’zchilik 5.bemazagarchilik
A) 1, 2, 4 B) 1, 3, 4, 5 C) 2, 5 D) 5
85.Otlashgan so’z qo’llangan gapni toping .
A)Yaxshilik insonning eng oliy fazilatidir . B) O’qigan bola hayotda qoqilmaydi .
C) Majlisdan ko’pchilik ketib qoldi . D) Odamlarni yalqovlargina mehnatdan sovutishi mumkin .
86. Avval o’zingga boq , keyin nog’ora qoq .
Ushbu maqolda qaysi kelishik qo’shimchasi belgisiz qo’llangan ?
A) qaratqich kelishigi B) jo’nalish kelishigi
C) tushum kelishigi
D) kelishik qo’shimchasi belgisiz qo’llanmagan
87.Do’konlarda nonlar va ichimliklar sotilmoqda . Ushbu gapdagi ko’plik qo’shimchalari qanday ma’noni ifodalamoqda?
A) hurmat ma’nosini
B) grammatik ma’no va tur ma’nosini
C) tur ma’nosini
D) umumlashtirish va jamlash manosini
88. Qaysi gapdagi nuqtalar o’rniga -lik qo’shimchasi qo’shiladi .
A) Yaxshi va xayr … ishning birortasini kichik sanamang .
B) Suv so’ragan kishining idishiga chelakdan suv quyib berish bilan bo’lsa-da ezgu ... qiling
C) Yaxshi odam beg’ubor , keng fe’l... bo’ladi.
D) Sovuq mijoz... kishilar o’rikni asal bilan yeyishlari kerak.
89. SHu sevinch ikkovlariga ham kuch-g’ayrat, dadillik bag’ishladi .
Ushbu gapda nechta mavhum ot bor?
A) 5ta B) 4ta C) 3ta D) 2ta
90.Faoliyat-jarayon otlarini belgilang .
1.uzumchilik 2. tintuv 3. soylik 4.bog’bon 5.soat 6.o’qituvchilik
A) 1, 6 B) 1, 3 , 4, 5 C) 1, 2, 6 D) 2, 5, 6
91.Qaysi qatorda faqat birlikda qo’llanadigan otlar berilgan ?
A) baxt, chidam, ong B) guruch, suv, qum
C) oyoq, qo’l, quloq D) barcha javoblarda
92.Egalik qo’shimchasini olgan ot qaysi kelishikda turlangan so’zni talab qiladi ?
A) bosh kelishikda B) qaratqich kelishigida
C) tushum kelishigida
D) jo’nalish kelishigida
93.Juft otlar qanday tuziladi?
1.bir-biriga zid ma’noli so’zlardan
2.bir-biriga paronim so’zlardan
3.bir-biriga ma’nodosh so’zlardan
4.bir-biriga yaqin ma’noli so’zlardan
A) 1, 3 B) 1, 3, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4
94.Ko’plik qo’shimchasi olmaydigan otlarni belgilang .
A) Samarqand , Guli, Majnun
B) ish, terak, hovuz
C) chol , guruh, yil
D) kostyum, qog’oz, baliq
95.Ko’plik qo’shimchasi taxmin , chama ma’nolarini ifodalagan so’zlarni toping .
A) Uning taxminlari to’g’ri chiqdi .
B) Domlalarimizning yumushlari ko’payib, bizga vaqt ajratolmayaptilar.
C) Munavvarning orzulari behisob, barchasini amalga oshirishni istaydi .
D) Yoz oylaridagina qo’lim bo’shaydi, o’shanda qurilishni boshlayman .
96. Sifat turkumi asosida paydo bo’lgan atoqli otlarni belgilang .
A) To’xtasin, Turdi , Tursun
B) Rayhon , Lola, Toshtemir
C) O’tkir, Go’zal, Munis
D) Saksonboy ota , Bahodir
97.Kasb-kor , faoliyat mavhum otini yasovchi qo’shimchani toping .
A) -lik B) -gi C) - chilik D) -dor
98.Qismlari ma’nodosh bo’lgan so’zlarni toping .
A) yer-ko’k B) qovun-tarvuz
C) kuch-quvvat D) tog’-tosh

Yüklə 181,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin