113.–lik qo’shimchasi o’rin-joy bildiruvchi turdosh va atoqli otlarga qo’shilsa qanday ma’no ifodalaydi ? A) belgi ma’nosini bildiradi
B) shaxsning shu hududga mansubligini bildiradi
C) –lik qo’shimchasi faqat atoqli otlarga qo’shiladi
D) xususiyat yoki holat ma’nosini bildiradi
114.Undosh bilan tugagan fe’llarga qaysi shaxs oti yasovchi qo’shimchalar qo’shiladi ? A) –vchi B) -uvchi C) -dosh D) B va C
115.Bir turdagi shaxs, narsa, o’rin–joy, faoliyat-jarayon nomlarini bildiruvchi otlar.... A) turdosh otlar B) atoqli otlar
C) shaxs va narsa otlari D) aniq otlar
116.SHaxsning faoliyat jarayonini anglatuvchi otni toping . A) g’allachilik B) ezmalik
C) terim D) paxtachilik
117. Narsaning faoliyat jarayonini nomlovchi otni toping A) chaquv B) ipakchilik
C) suvoqchilik D) duradgorlik
118.O’rin-joy otlari qanday so’roqlarga javob bo’lishi mumkin? A) qayer?, nima? B) qayer?, qayerlik?
C) faqat qayer? D) qayer?, qaysi?, nima?
119.CHo’pon otaning katta hovlisi, otlar bog’lanadigan bostirmasi, sigirlar boqiladigan molxonasi va qo’ylar turadigan ikkita katta qo’rasi bor edi. Ushbu gapdagi o’rin-joy otlari berilgan qatorni toping. A) bostirmasi, molxonasi
B) hovlisi, qo’rasi C) A va B
D) Ushbu gapda o’rin-joy otlari mavjud emas
120.CHo’pon otaning katta hovlisi, otlar bog’lanadigan bostirmasi, sigirlar boqiladigan molxonasi va qo’ylar turadigan ikkita katta qo’rasi bor edi. Ushbu gapdagi hovlisi, bostirmasi, molxonasi, qo’rasi otlari qanday so’roqlarga javob bo’ladi? A) qayeri? B) qanday joylari?
C) nimasi? D) qayerlari?
121.Turdosh otlar qanday guruhga bo’linadi? A) kim? va nima? so’rog’iga javob bo’ladigan otlar
B) narsa va o’rin - joy otlari
C) shaxs, narsa va o’rin - joy otlari
D) faqat narsa otlari turdosh ot hisoblanadi.
122.Suv havzalari va inshootlari nomlari qanday yoziladi? A) Suv havzalari va inshootlari nomlari tarkibidagi ikkinchi so’z bosh harf bilan yoziladi.
B) Suv havzalari va inshootlari nomlari tarkibidagi birinchi so’z bosh harf bilan yoziladi. C) Suv havzalari va inshootlari nomlari tarkibidagi har ikkala so’z bosh harf bilan yoziladi.
D) Suv havzalari va inshootlari nomlari tarkibidagi har ikkala so’z kichik harf bilan yoziladi .
123. Qaysi qatorda suv havzalari va inshootlari nomlari noto’g’ri yozilgan? A) Amu-Buxoro kanali , Issiqko’l
B) Katta Farg’ona kanali, Orol dengizi
C) Tuya bo’g’iz, CHortoq soy
D) “Rohat” ko’li , Nuqrasoy
124.Ma’lum bir geografik hududga atab qo’yilgan nomlar… A) tashkilot , muassasa nomlari deyiladi
B) suv havzalari va inshoot nomlari deyiladi
C) faoliyat – jarayon otlari deyiladi
D) joy nomlari deyiladi
125.Qaysi qatorda joy nomi to’g’ri yozilgan ? A) janubiy Koreya, Buloq boshi B)Qorovul bozor, Surxondaryo viloyati
C) Amerika Qo’shma shtatlari
D) Balandmasjit , SHimoliy Amerika
126. Mamlakat, o’lka nomlari qo’shma so’z shaklida bo’lganda qanday yoziladi ? A) Tarkibidagi birinchi so’z bosh harf bilan , keyingi so’z kichik harf bilan yoziladi .
B) Tarkibidagi birinchi so’z kichik harf bilan, keyingi so’z bosh harf bilan yoziladi .
C) Tarkibidagi har bir so’z bosh harf bilan yoziladi .
D) Har uchala holat ham kuzatilishi mumkin .
127.Qaysi qo’shma otlar qo’shib yoziladi ? 1.ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan turdosh otlar 2.ikkinchi qismi atoqli otdan iborat bo’lgan qo’shma otlar 3.ikkala qismi turdosh otdan iborat bo’lgan atoqli otlar A) faqat 1 B) 1, 2, 3 C) 2, 3 D) 1, 3
128.Qaysi qo’shma otlar noto’g’ri yozilgan ? A) Markaziy Osiyo , kungaboqar B) laylakqor , Oqariq
C) Quyi chirchiq , qorqiz D) Belariq, Beshariq