IV . YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH 122– mashq. Vatan, kutubxona so`zlarini 6 ta kelishikda o`zgartirib yozing. Qo`himchalarni tegishlicha belgilang.
Vatan, vataning, vatani, vataga, vatanda, vatandan.
Kutubxona, kutubxonaning, kutubxonani, kutubxonaga, kutubxonada, kutubxonadan.
V BAHOLASH Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI. UYGA VAZIFA: 123 – mashq. Matnni o‘qing. Har bir gapda takrorlanib kelayotgan kitob so‘ziga ajratib ko‘rsatilgan so‘z orqali so‘roq bering va birga ko‘chiring. Otning qaysi kelishikda ekanini ayting.
Kitob o‘z do‘stining dilini og‘ritmaydi. Kitobning suhbatidan inson foyda topadi. Bunday fayzli foydani boshqa hech qayerdan topib bo‘lmaydi. Kitobni o‘qigan inson o‘tmishdan va kelajakdan ogoh bo‘ladi. Ajdodlarimiz o‘z meroslarini kelajak avlodlarga kitoblarda qoldiradilar. Inson uchun kitobdan azizroq va yoqimliroq suhbatdosh yo‘qdir. Shuning uchun ham: „Kitob aql qal’asidir“, – deganlar. (Muhammad Jabulrudiy)